Do‘stlik MFY (Oltiariq tumani)
Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani, Poloson shaharchasida joylashgan Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini dastlab, 1996-yil tashkil topgan. Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini binosi, Karmak-1 koʻchasi 34-uyda boʻlib, Oltiariq tumani hokimiyat yegʻilishlar zalidan 2,7 km masofa uzoqlikda joylashgan. Tarkibida 9 ta koʻcha boʻlib, umumiy yer maydoni 88,2 gektarni tashkil etadi.
Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini | |
---|---|
40°24′18.3″N 71°30′04.9″E / 40.405083°N 71.501361°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Fargʻona viloyati |
Tuman | Oltiariq |
Ichki boʻlinishi | 9 ta koʻcha |
Asos solingan | 1996-yil |
Maydon | 8.82 km2 (3.41 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | Oʻzbekcha |
Aholisi (2022-yil) |
3 315 nafar |
Milliy tarkib | |
Konfessiyaviy tarkib | Musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 71 |
|
Aholisi
tahrirDoʻstlik mahalla fuqarolar yigʻinida 2022-yil statistikasiga koʻra jami 3315 kishi istiqomat qiladi, shundan 1667 nafari ayollardir. Aholining milliy tarkibi asosan oʻzbeklardan iborat. Mahalla fuqarolar yigʻinida 607 ta yakka tartibdagi hovli uylar bor boʻlib, ularda 993 ta oilalar istiqomat qilishadi[1].
Hududi
tahrirMahalla fuqarolar yigʻini hududi 88,2 gektar maydon boʻlib, Olmazor, Navoiy, Ibn Sino, Muqumiy va Yangi hayot mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan chegaradosh hisoblanadi. Tarkibida 9 ta koʻcha mavjud. Bu koʻchalar tuzilishiga koʻra;
- 6 tasi toʻgʻri koʻchalar,
- 1 ta tor koʻcha,
- 1 ta tupik (berk) ko‘cha,
- 1 ta shox ko‘cha
lardan tashkil topgan. Hamda hududda 25 ta savdo do‘konlari, 4 ta mahalla guzarlari, 2 ta maktabgacha taʼlim muassasalari, 1 ta maktab mavjud. Tarkibidagi koʻchalar nomi esa quyidagicha;
- Marg‘ilon yo‘li,
- Karmak-1,
- Karmak-2,
- Tolqator,
- Polosonobod,
- Mevazor,
- Domsa,
- O‘zbekiston,
- S.Sheroziy
koʻchalari hisoblanadi[2].
Tarixi
tahrirDastlab 1996-yil tashkil topgan boʻlib, soʻng mahalliy hokimiyat tomonidan rasmiy yig‘in balanisga 01.08.2012-yil 032 raqami bilan roʻyhatga olingan. Shuningdek, davlat xizmatlari markazi, soliq inspeksiyasi tomonidan 27.01.2014-yil guvohnoma berilgan. Tarkibidagi Karmak-1 koʻchasi dastlab, Alisher Navoiy nomidagi koʻcha boʻlgan va 2012-yil Karmak-1 koʻchasi nomiga oʻzgartirilgan. Mahalla fuqarolar yigʻinidagi koʻchalar mahaliy va davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bir necha marta turli yillarda obodonlashtirilgan. Xususan bundan bir necha yil avval 2018-yil „Polosonobod“ ko‘chasi „Obod mahalla“ Davlat dasturiga kiritilib obodonlashtirilgan, 2018-yil „Karmak −2“ ko‘chasini asfalti qayta tamirlangan, „Domsa“ ko‘chasiga asfalt yotqizilgan, 2019-yil „Karmak-1“ ko‘chasiga toza ichimlik suvi va gaz tarmoqlari tortilgan, 2019-yil 28-sonli maktabgacha taʼlim muassasi qayta tamirlangan, 29-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi esa qayta qurilib, yangidan ishga tushirilgan, 2020-yil „Karmak-1“, „Karmak-2“, „Tolqator“, „S.Sheroziy“ va „Domsa“ ko‘chalariga tungi chiroqlar o‘rnatilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Oltiariq tumani hokimyatining rasmiy sayti“ (2022-yil 12-fevral). Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.
- ↑ Eminjon Qulmatov. Oltiariq o‘tmishda va hozirda (O‘zbekcha). Chashma Print, 2012-yil — 314-bet. ISBN 978-9943-350-92-2.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil