Doimiy vakolatxona - xalqaro huquqda vakillik tusidagi organ (missiya). Davlat tomonidan oʻzi aʼzo boʻlgan bir yoki bir necha hukumatlararo xalqaro tashkilotlar huzurida taʼsis etiladi. D. v. oʻz mamlakati bayrogʻi va emblemasidan foydalanish huquqiga ega. D.v. va uning xodimlari huquqiy maqomi, imtiyoz va immunitetlari darajasi xalqaro bitimlar, shuningdek, oʻzi istiqomat qilayotgan mamlakat qonunlari orqali belgilanadi. Oʻzbekistan Respublikasi BMT, YUNESKO xuzurida va b. xalqaro tashkilotlarda oʻzining D.v.siga ega. Oʻz navbatida Tosh-kentda BMTning birlashgan vakolatxonasi ochilgan (1993 yil 24 oktabr), Jahon banki, Tinchlik korpusi, Qizil Xoch xalqaro qoʻmitasi, Yevropa hamja-miyatining texnikaviy hamkorlikni muvofiklashtirish boʻyicha Oʻzbekiston shoʻʼbasi, Germaniya texnikaviy hamkorlik jamiyati, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Konrad Adenauer jamgʻarmasi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Germaniya iqtisodiyoti vakilligi kabi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari ishlab turibdi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil