Doing Business with Ease Overseas
„Doing Business with Ease Overseas“ („Xorijda qiyinchiliksiz biznes bilan shugʻullanish“), toʻliq nomi „Doing Business with Ease Overseas: Building Cross-Cultural Relationships That Last“ (Xorijda qiyinchiliksiz biznes bilan shugʻullanish: Uzoq davom etadigan madaniyatlararo aloqalarni oʻrnatish) — Harriet L. Russell qalamiga mansub xorijda biznes bilan shugʻullanish haqidagi kitob. 2016-yil California shtatining Oceanside shahrida „Indie Books International“ nashriyoti tomonidan chop etilgan.[1]
Muallif(lar) | Harriet L. Russell |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | biznes |
Nashriyot | „Indie Books International“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2016 |
Sahifalar soni | 260 |
ISBN | ISBN 978-1941870617 |
„Doing Business with Ease Overseas“ dunyoning turli mamlakatlarida biznes bilan shugʻullanish masalasiga bagʻishlangan. Muallif asarni dunyoning koʻplab davlatiga qilgan sayohatlari hamda ish tajribasiga tayanib yozgan. Xususan, muallif Yaponiya, Xitoy, Belarus, Rossiya hamda Yevropa mamlakatlarida biznes bilan shugʻullanish va mahalliy aholi bilan aloqa oʻrnatishga keng toʻxtalib oʻtgan. Kitobda muallif boshidan kechirgan koʻplab hodisalarni misol oʻlaroq keltirilgan. Jumladan, Russell Qirgʻizistonning Isfana shahriga qilgan tashrifi haqida toʻxtalib oʻtgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Harriet Russell haqida“ (inglizcha). Harriet Russell. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
Havolalar
tahrir- Barnes&Noble saytida kitobdan parcha[sayt ishlamaydi] (ingl.)