Nu'monbek Dolimov
(Dolimov Noʻʼmon Dolimovichdan yoʻnaltirildi)
Nu'monbek Dolimovich Dolimov (1906.1.2. - Toshkent - 1977.10.7) - geograf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970). Toshkent kechki pedagogika institutini tugatgan (1940). Geogr. fanlari nomzodi (1944), dotsent (1945). Oʻrta Osiyo davlat universiteti (keyinroq Toshkent Davlat Universiteti deb atalgan) geografiya fakulteti dekani (1945—68). Ilmiy faoliyati Oʻzbekiston tabiatini oʻrganishga, lugʻatlar, tabiiy geografiyadan darsliklar, oʻquv geografik haritalari, atlaslar yaratishga bagʻishlangan. Oʻquv adabiyotlarini oʻzbek tiliga tarjima qilishda qatnashgan.
Manbalar
tahrir- Geografik terminlarning qisqacha ruscha-oʻzbekcha lugʻati, T., 1953; Oʻzbekiston geografiyasi, T., 1962 (hammuallif); Oʻzbekiston tabiiy geografiyasi, T., 1986 (hammuallif).
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |