Domkrat
Domkrat (gollandcha dommekracht) — ogʻir yuklarni vaqtinchalik koʻtarib beradigan mexanizm. Harakatlanish tarziga koʻra reykali, vintli, gidravlik va pnevmatik xillarga boʻlinadi. D. ixchamligi, massasining kichikligi, koʻtarish tezligining kamligi (0,01—0,25m/min.) va koʻtarish balandligi (0,15—1 m) bilan ifodalanadi. Max-sus ishlarga moʻljallangan D. bir necha yuz t gacha yukni bir necha m balandlikkacha koʻtara oladi. D. mashinalarning gʻildiragini almashtirishda, taʼmirlash, yuk ortish-tushirish ishlarida qoʻllanadi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |