Donetsk kryaji
Donetsk kryaji - Sharqiy Yevropa tekisligining janubdagi qir. Ukrainaning janub-sharqi va Rossiya Federatsiyasining gʻarbiy qismida. Shimolda Severskiy Donets vodiysiga tik tushgan. Uzunligi 370 km, eni 120 km. Donetsk kryaji asosan toshkoʻmir davri qumtoshlaridan, slanets va ohaktoshlardan tarkib topgan. Eng baland joyi 367 m (Mogila-Mechetnaya tepaligi). Karst relyef shakli kup. Donetsk kryaji dasht zonasida joylashgan. Suvayirgʻichlari toʻlqinsimon tekislik boʻlib, haydalib ekin ekiladi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6° dan —8° gacha, iyulniki 20,9—22,9°. Yillik yogʻin 556 mm (gʻarbida). Donetsk kryaji chekkalarida qoratuproq, markazida sur tusli podzollashgan tuproq tarqalgan. Donetsk kryaji hududida Donetsk koʻmir havzasining bir qismi, rangli metall rudasi konlari bor.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |