Dor ul-Juzjoniya madrasasi

Samarqanddagi madrasa


Dor ul-Juzjoniya madrasasi — Samarqand madrasasi. Madrasa IX asrda Samarqandda muhaddis Abu Bakr Sulaymon az-Juzjoniy tomonidan bunyod etilgan. Mazkur oliy oʻquv yurti X—XII asrlarda Samarqaddagi yirik ilm maskanlaridan biri boʻlgan[1]. Madrasa faoliyati IX asrdan boshlagan. Madrasa IX—XII asrlarda „Minor madrasasi“ kabi talabalar oʻqishi uchun gavjum boʻlgan. Dor ul-Juzjoniya madrasasida Abul Fath Solih mudarris va imom boʻlgan. U talabalarga kalom ilmi va fiqhdan dars bergan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlar va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Dor ul-Juzjoniya madrasasida Abu Mansur Moturudiy ham tahsil olgan. Madrasada oʻquv mashgʻulotlari erta tongdan boshlangan va dars ertalab boshlanib, u „subayha“ deb nomlangan. Najmiddin Umar an-Nasafiyning „Al-Qand“ asarida ushbu madrasa 18 oʻrinda yozib qoʻyilgan. Madrasada koʻplab talabalar dars tinglagan. Dargohda Samarqaddagi mashhur olimlar yetishib chiqqan. Juzjoniya madrasasi yaqinida shu nomli qabriston ham mavjud boʻlgan. Tadqiqotchi Durbek Rahimjonov fikriga koʻra madrasa XI—XII asrlarda muhaddislar faoliyat olib borgan hadis markazlidan biri boʻlgan. Madrasada tafsir, hadis, adab sohalarida darslar olib borilgan. Dor ul-Juzjoniya madrasasida taʼlim berishda bir necha mudarrislarga „xalifa“lar yordam berishgan. Jumladan madrasada mashhur faqih Hamza ibn Ali al-Haylamiy, adib Abu Muhammad Abdujalil al-yazuxkatiy as-Sakkok va yana bir qator olimlar xalifa vazifasida faoliyat olib borishgan. Madrasa uchun vaqf mulklari ajratilgan. Dor ul-Juzjoniya madrasasida albatta oʻsha davrdagi vaqf hujjatida belgilangan nizomlar asosida boshqarib borilgan, mudarrislar ham shu asosida tayinlangan[2]. Dor ul-Juzjoniya madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

Madrasa
Dor ul-Juzjoniya madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Abu Bakr Sulaymon az-Juzjoniy
Homiylar Abu Bakr Sulaymon az-Juzjoniy
Binokorlik IX asr—???
Holati Saqlanib qolmagan
Qurilish materiali Pishiq gʻisht

Manbalar

tahrir
  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520-bet.