Dornier 228 samolyotining qulashi
2024-yil 10-iyun kuni Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima, sobiq birinchi xonim Patricia Shanil Muluzi va yana yetti nafar yoʻlovchi boʻlgan Malavi mudofaa kuchlarining Dornier 228 samolyoti Nxata koʻrfazi okrugidagi Chikangava oʻrmon qoʻriqxonasida halokatga uchradi; bortdagilarning hammasi halok boʻldi.
A Malawi Air Force Dornier 228, sister to the aircraft involved in the accident | |
Hodisa | |
---|---|
Sana | 10-iyun, 2024-yil |
Xulosa | Tergov qilinmoqda |
Joylashgan joy | Chikangava oʻrmon qoʻriqxonasi, Nxata koʻrfazi tumani, Shimoliy mintaqa, Malavi |
Turi | Dornier 228 |
Operator | Malavi mudofaa kuchlari |
Roʻyxatdan oʻtish | MAF-T03 |
Parvoz kelib chiqishi | Kamuzu xalqaro aeroporti, Lilongwe, Malavi |
Manzil | Mzuzu aeroporti, Mzuzu, Malavi |
Yoʻlovchilar | 6 |
Ekipaj | 3 |
Oʻlim holatlari | 9 |
Omon qolganlar | 0 |
Kelib chiqishi
tahrirSamolyot Malavi havo kuchlariga tegishli Dornier 228 edi. U avvalroq prezident Lazarus Chakwera tashish uchun bir necha bor foydalanilgan va avvalgi parvozini halokatdan bir necha soat oldin amalga oshirgan[1].
2024-yil 10-iyunda Vitse-prezident Saulos Chilima, sobiq birinchi xonim Patrisiya Shanil Muluzi va yana yetti nafar yoʻlovchi[2], jumladan Chilima xodimlari va xavfsizlik xizmati[3] hamda uch harbiy ekipaj boʻlgan samolyot joʻnab ketdi[4]. Poytaxt Lilongvedagi Kamuzu xalqaro aeroporti 9:17 da hiqib ketgan samalyot Shimoliy mintaqadagi Mzuzu aeroportiga soat 10:02 da yetib borishi kerak edi[5]. Yoʻlovchilar sobiq hukumat vaziri Ralf Kasambaraning dafn marosimida qatnashish uchun ketayotgan edilar va keyin Lilongvega qaytishni rejalashtirishgan[6][7].
Halokat
tahrirSamolyot Lilongvedan havoga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay radarlardan gʻoyib boʻldi, aviatsiya rasmiylari samolyot bilan bogʻlana olmadi. Bu haqida xabar topgan prezident qidiruv-qutqaruv harakatlarini boshlashga buyruq berdi[8].
Parvoz yomon ob-havo sababli Chikangava oʻrmoni hududida halokatga uchragani haqida guvohlar xabar berishdi. Mahalliy axborot manbalari tomonidan Chilimaning telefoni oxirgi marta soat 10:30 da aniqlangani haqida xabar berilgan[6]. Rasmiylarning taʼkidlashicha, samolyot oldinni koʻrish holati yomon boʻlgani sababli Mzuzudan ortga qaytgan[9].
Samolyot qoldiqlari 11-iyun kuni Chikangava oʻrmonida Malavi mudofaa kuchlari askarlari tomonidan topilgan. Omon qolganlar topilmadi[9]. Rasmiylar samolyotni „butunlay vayron boʻlgan“ deb taʼriflab, uning yoʻlovchilari urilish natijasida halok boʻlganini tasdiqlashdi[3].
Halokatni aniqlash harakatlari
tahrirPrezident Lazarus Chakwera Malavi mudofaa kuchlari boshligʻi, general Paul Valentino Phiridan samalyot koʻzdan gʻoyib boʻlganligi haqida xabar olgach, Bagam orollariga tashrifini bekor qilib, qidiruv-qutqaruv operatsiyasini oʻtkazishni buyurdi[10][11]. Buyuk Britaniya, Norvegiya va Isroil yordam taklif qildi va „ixtisoslashtirilgan texnologiyalar“[12][4] bilan yordam berishni, Amerika Qoʻshma Shtatlari esa AQSh elchixonasi Mudofaa vazirligining C-12 samolyotidan foydalanishni taklif qildi. Malavi hukumati qoʻshni Zambiya va Tanzaniyadan ham yordam soʻradi[3].
Oqibatlari
tahrirQurbonlarning qoldiqlari 11-iyun kuni Zambiya havo kuchlari vertolyotida Lilongwega yetkazilgan. Prezident Chakvera 11-iyundan boshlab 21 kunlik milliy motam eʼlon qildi[2].
16-iyun kuni Lilongve shahridagi Bingu milliy stadionida Chilima motam marosimi boʻlib oʻtdi, unda kamida 41 000 kishi qatnashdi. Chakvera va boshqa hukumat amaldorlari baʼzi motam tutuvchilar tomonidan iliq qarshi olinmaganligi sababli tartibni tiklash maqsadida marosimni boshqaradigan katolik ruhoniylari noroziliklarni bostirishga urundilar[13]. 16-iyun kuni kechqurun Chilimaning jasadi Ntcheuga olib ketilayotgan paytda politsiya va motam tutuvchilar oʻrtasida toʻqnashuvlar kelib chiqqan. Karvondagi avtomobil Dedzadan oʻtayotganda bir necha piyodalar ustiga borib urilgan, natijada 4 kishi halok boʻlgan va 12 kishi jarohatlangan[14]. Chilima 17-iyun kuni oʻzining tugʻilgan Nsipe qishlogʻida dafn qilindi, marosimda Chakwera va uning uchta salafi Bakili Muluzi, Joys Banda va Piter Mutharika ham ishtirok etdi[15].
Tekshiruv
tahrirChakvera halokat yuzasidan mustaqil tergov oʻtkazishga chaqirib, Malavi mudofaa kuchlari „oʻz ustidan ishonchli boʻlgan“ tergov olib bora olmasligini taʼkidladi[15].
Munosabatlar
tahrirPrezident Chakwera falokatdan „chuqur qaygʻu va afsusdaligini“ bildirib, Chilimani „ajoyib vitse prezident edi“ deya xotirladi[9]. Malavida rejalashtirilgan tashrifda Chilima bilan uchrashishi kerak boʻlgan FIFA prezidenti Gianni Infantino uning bevasi Mary Nkhamanyachi Chilimaga hamdardlik bildirdi[16].
Chilimaning Birlashgan Transformatsiya Harakati siyosiy partiyasi hukumatni falokatga munosabat bildirishda sustkashlik qilishda aybladi va samolyotda samolyot radar transponderi boʻlmaganini aytdi[3].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Malawi's vice president, former first lady among 10 people killed in plane crash“. France 24 (2024-yil 11-iyun). Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 „Malawi announces state funeral and 21 days of mourning for vice president killed in a plane crash“. Africanews (2024-yil 11-iyun). 2024-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Gondwe, Gregory; Imray, Gerald „Malawi's vice president and 9 others are confirmed dead after their plane's wreckage is found“ (en-GB). Associated Press (2024-yil 11-iyun). 2024-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- ↑ 4,0 4,1 Gondwe, Gregory; Imray, Gerald „Soldiers in Malawi search for missing military plane carrying vice president and former first lady“ (en). Associated Press (2024-yil 11-iyun). 2024-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- ↑ Mathers, Matt „Aircraft carrying Malawi vice president Saulos Chilima goes missing“ (en). The Independent (2024-yil 10-iyun). 2024-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-iyun.
- ↑ 6,0 6,1 „Malawi Vice President feared dead in plane crash“ (en-US). Malawi 24 (2024-yil 10-iyun). 2024-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-iyun.
- ↑ „Aircraft carrying Malawi vice president missing, search under way“ (en). Al Jazeera. 2024-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-iyun.
- ↑ Chibelushi, Wedaeli „Saulos Chilima: Malawi vice-president's plane goes missing“ (en-GB). BBC (2024-yil 10-iyun). 2024-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-iyun.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Chibelushi, Wedaeli; Jegwa, Peter „Saulos Chilima: Malawi VP's plane found with no survivors, president says“ (en-GB). BBC (2024-yil 11-iyun). 2024-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- ↑ „Plane Carrying Malawi's VP Missing: Govt“ (en-US). Barron's (2024-yil 10-iyun). 2024-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-iyun.
- ↑ „Search underway for Malawi vice president after military jet disappears“ (en-US). Africanews (2024-yil 11-iyun). 2024-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- ↑ GONDWE, GREGORY „Malawi's vice president and 9 others are confirmed dead in plane crash“ (en). ABC News. 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
- ↑ „Malawians pay tribute to vice-president killed in plane crash“. BBC (2024-yil 16-iyun). 2024-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-iyun.
- ↑ „Mourners killed by car in Malawi VP's funeral convoy“. BBC (2024-yil 17-iyun). 2024-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
- ↑ 15,0 15,1 „Malawi's vice president laid to rest as president calls for an independent probe into his death“. Associated Press (2024-yil 18-iyun). 2024-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
- ↑ „FIFA president visits Malawi for first time, offers condolences over passing of nation's VP“. Africanews (2024-yil 13-iyun). 2024-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
Havolalar
tahrir- Samolyot halokati
- Baxtsiz hodisa joyi Malavi prezidenti Chakwera tashrif buyurgan joy.