Dou szyan-de (572-621) - Xitoyda Suy davlati zulmiga qarshi koʻtarilgan dehqonlar qoʻzgʻoloni (610— 624) ning rahbarlaridan biri. Shandun viloyatidagi qishloqlardan birining oqsoqoli boʻlgan vaqtida qoʻzgʻolonchilarga yordam bergani uchun taʼqib ostiga olinib, butun urugʻ-aymogʻi qirib tashlangan. Shundan soʻng u 617—621 yillarda Xebey viloyatidagi qoʻzgʻolonga rahbarlik qilgan. Qoʻzgʻolonchilar qoʻshini soni 100 ming kishidan ortgan. Qoʻzgʻolonchilar qoʻl ostiga oʻtgan hududlarda D. S.-d. rahbarligida Sya nomli dehqonlar podsholigi oʻrnatilgan. Suy davlati qulagach, D. S.-d. qoʻshinlari Tan hukumatiga qarshi kurashgan. Janglardan birida yarador boʻlib, asir olingan va qatl etilgan.

Dou szyan-de

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil