Dovud Rastag'fariy
Dovud Rastag'fariy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | roviy |
Dovud Rastagʻfariy (arabcha: داوود رستغفري – Dovud ibn Amr Rastagʻfariy Ishtixoniy) – roviy.
Mashhur arab tarixchisi Abdulkarim Samʼoniyning „Ansob“ kitobida shunday keltirilgan: "Samarqandning taniqli roviylaridan biri Dovud Rastagʻfariydir.
Faoliyati
tahrirNajmiddin Umar Nasafiyning „Kitob al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida keltirilishicha, Dovud Rastagʻfariy avval Nasafda qozilik qilgan. Soʻng, Abu Saʼiyd Abdurahmon ibn Saad ibn Abu Vaqqos Zuhriy Naysoburiy Boluviydan keyin Ishtixonda ham bir necha yil qozilik qilgan.
Ustozi
tahrirU hadis ilmi sir-asrorlarini Ahmad ibn Hishom Ishtixoniydan oʻrgangan va hadis rivoyat qilgan.
Shogirdi
tahrirDovud Rastagʻfariydan Muhammad ibn Ibrohim Hamadvayh Ishtixoniy hadis rivoyat qilgan"[1].
Vafoti
tahrirU 985 yili Ishtixonda vafot etgan. Vasiyatiga koʻra uning jasadi Xartang qishlogʻiga olib kelinib, muhaddis Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870)ning qabri yoniga dafn etilgan[2].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |