Dragon Boat festivali Xitoy xalqining milliy va anʼanaviy bayrami hisoblanadi.

Nishonlanishi

tahrir

Ushbu bayram Xitoy taqvimiga koʻra har yildagi beshinchi oyning beshinchi kuniga toʻgʻri keladi. Grigorian taqvimida esa koʻpincha may yoki iyun oylarining oxirida umumxalq bayrami sifatida keng miqyosda nishonlanadi. Bayramning asosiy qismiadimgi xitoy shoiri Qu Yuanni xotirlash, ajdaho qayiq poygalari oʻtkazish va xalq tilida zongzi deb ataladigan yopishqoq guruchli koʻfte yeyish bilan nishonlanadi. Dragon Boat festivali xudolar va ajdodlarga sigʻinish, omad soʻrab ibodat qilish va yovuz ruhlardan qoʻrqishini namoyish qilish, oʻyin-kulgi va ovqatlanishni oʻz ichiga olgan xalq bayramidir. 2009-yil sentabr oyida YuNESKO Xalqaro tashkiloti uni Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritishni rasman tasdiqladi va Xitoy xalqining tanlangan birinchi bayrami boʻldi[1][2].

Tarixi

tahrir

Xitoy xalqi tarixida beshinchi qamariy oyga omadsiz va xavf keltiradigan oy sifatida qaraladi, ayniqsa beshinchi oyning beshinchi kuniga[3][4]. Baxtsizlikdan qutilish uchun odamlar aynan beshinchi oyning beshinchi kuni oʻzlarining eshiklari ustiga kalamus, artemisiya va sarimsoq ilib qoʻyishdi[3][4]. Ular oʻzlarining kuchli hidi va koʻrinishi bilan yomonlikdan xalos boʻlishga yordam beradi deb ishonishgan (masalan, kalamus barglari qilich shaklida boʻlgan)

 
Hasharotlarning oldini olish uchun eshik tepasiga shuvoq barglarini osib qoʻyish tasviri.

Zaharli hayvonlarning barchasi beshinchi oyning aynan beshinchi kunidan boshlab paydo boʻlishi aytilgan, masalan, ilon, chayon va boshqa shu kabi xavfli hayvon, hasharotlar. Yana odamlar bu kundan keyin tez-tez kasal boʻlib qolishadi[4]. Shuning uchun, Dragon Boat festivali orqali ular bu baxtsizlikdan qochishga harakat qilishadi[4]. Masalan, odamlar devorga beshta zaharli jonzotning (ilon, qirgʻiy, chayon, kaltakesak, qurbaqa va baʼzan oʻrgimchak)[4] suratlarini ilib, ularga igna sanchishadi. Odamlar, shuningdek, besh jonzotning qogʻoz kesmalarini yasashadi va ularni bolalarining bilaklariga oʻrashadi[5]. Katta marosimlar va tomoshalar koʻplab sohalarda ushbu amaliyotlardan rivojlanib, Dragon Boat festivalini kasallik va omadsizlikdan xalos boʻlish kuniga aylantirdi.

Qu Yuan haqida

tahrir
 
XVII asrda Qu Yuan tasviri

Xitoyliklarga juda yaxshi maʼlum boʻlgan hikoyaga koʻra, festival mashhur shoir va vazir Qu Yuanning ayanchli oʻlimiga bagʻishlangan. (Miloddan avvalgi tax. 340-yillar) Chjou sulolasining urishayotgan davlatlari davridagi qadimgi Chu davlati. Chu qirollik uyining kursantlaridan biri boʻlgan Qu katta lavozimlarda xizmat qilgan. Kunlardan bir kuni qirol tobora kuchayib, rivojlanib borayotgan Qin davlati bilan ittifoq tuzishni rejalashtirayotganini aytadi. Lavozimidan kelib chiqib, Qu ittifoqqa qarshilik bildirishini aytadi. Ushbu javob qirolga yoqmagani va hatto xiyonatda ayblangani uchun Qu saroydan haydab yuborilgan. Umidsizlikka tushgan Qu Yuan ayni shu damlarda juda koʻp sheʼrlar yozgan. Koʻp oʻtmay esa, oʻz joniga qasd qilgan.

Havolalar

tahrir
  • Media related to Duanwu Festival at Wikimedia Commons
  1. „Dragon Boat festival - UNESCO Intangible Cultural Heritage“. UNESCO (2009-yil sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
  2. „端午节:中国首个入选世界非遗的节日“. Weixin Official Accounts Platform. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
  3. 3,0 3,1 Wei, Liming. Chinese Festivals: Traditions, Customs and Rituals, Second, Beijing, 2010 — 36–43-bet. ISBN 9787508516936. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Stepanchuk, Carol. Mooncakes and Hungry Ghosts: Festivals of China. San Francisco: China Books & Periodicals, 1991 — 41–50-bet. ISBN 0-8351-2481-9. 
  5. Liu, L.. 'Beijing Review' Color Photographs, vol. 54, issue 23, 2011 — 42–43-bet.