Dravid tillari
Dravid tillari - Hindiston yarim oroli va unga qoʻshni hududlardagi tillar oilasi. Asosan Hindistonning janubiy shtatlarida, shuningdek, Pokiston, Janubiy Afg'oniston, Sharqiy Eron (braxui tili)da, qisman Shri Lanka, Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Hind va Tinch okeanlar orollarida va Janubiy Afrikada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 210 mln. kishidan ortiq boʻlib (oʻtgan asr oxirlari), ularning 95%i atigi 4 tilda gaplashadi telugu (shri andhra) tilida 75 mln.dan, tamil tili 65 mln.dan ortiq, malayalam tili 40 mln.ga yaqin, kannada (yoki kannara) tilida 35 mln.dan ortiqroq kishi. Ushbu tillar tegishli ravishda Andhra Pradesh, Tamilnad (Madras), Kerala, Maysur shtatlarining rasmiy tillaridir. Dravid tillarining boshqa til oilalari bilan genetik aloqalari aniq emas. Ingliz olimi R. Kolduell taxminiga koʻra, bu tillarning ural tillari bilan yaqin qarindoshligi bor.
Dravid tillarining genetik taspifi toʻliq ishlab chiqilmagan. 19-asr — 20-asr ning 1-yarmida R.Kodduell va norveg olimi S.Konovlar tasnifi buyicha Dravid tillari 3 ta: jan., markaziy va shim. guruhlarga, hind olimi B. Krishnamurti tasni-figa koʻra 2 guruhga ajratilali. Rus olimi M.S.Andronov esa Dravid tillarini quyidagi 7 guruhga ajratadi: shim.-gʻarbiy (Hindiston hududidan tashqarida tarqalgan braxui yoki bragui tili), shim.-sharqiy (gurukh. malto), markaziy (kolamy, parji. nayki, gadaba), gondvana (gondi, konda, pengo, manda, kup, kuvi), jan.-sharqiy (te-lugu), jan.garbiy (tulu, koraga, bellari) va jan. (tamil, malayalam, kan-nada, toda, kota, kodagu va boshqalar).
Dravid tillari fonetik tizimida qisqa va choʻziq unlidar (5 juft) farqlanadi, turli sifatlarga ega boʻlgan 18 undosh mavjud; soʻz boshi va oxirida odatda un-lilar va baʼzi undoshlargina kela oladi, soʻz oʻrtasidagi noqulay tovush qoʻshilmalari eliziya, assimilyatsiya kabi fonetik hodisalar, evfonik tovush va boʻginlar yordamida bartaraf etiladi; fopematik urgu mavjud emas. Morfologiya sohasida suffiksal ag-glyutinatsiya ustuvorlik qiladi; asl dravidiy oʻzaklar bir bugʻiplidir; morfemalar zapjirida oʻrtacha 3—4 tadan maksimal 9—10 tagacha morfema boʻlishi mumkigg. Otlarda son (birlik va koʻplik), kslishik (turli tillarda 4—5 tadan 10—11 tagacha shaklga ega), jins (baʼzi gillarda 2 ta, baʼzilarida 3 ga) kategoriyalariga ega. Sifatlar aksar hollarda oʻzgarmas shaklli boʻlib, ulardagi belgi darajalari sintaktik usulda ifodalanadi. Feʼllarda oʻtimli va oʻtimsiz, boʻlishli va boʻlishsiz shakllar farqlapadi; zamogg, mayd, shaxs va son katsgoriyalariiiggg uziga xos soʻz oʻzgartiruvchi qoʻshimchalari bor, nisbatlar farqlanmaydi. Yorlamchi yeoʻzlar genetik jihatdan mustaqil soʻzlar bilan oʻzaro aloqadordir. Asosiy soʻz yasash uyeullari suffiksatsiya va soʻz qoʻshishdir. Dravid tillari sintaksisi ularga oʻxshagn qurilishga ega boʻlgan boshqa tillar (turkiy tillar, moʻgʻul tillari va boshqalar) sintaksnsi bilan koʻplab umumiy tipologpk belgilarga ega.
Dravid tillaridan telugu, tamil, malayalam, kapnada va tulu tillari brahmittx jan. shakllari asosida, braxui tili esa arab grafikasi asosida yaratilgan yozuvdap foylalanadi, boshqa Dravid tillari oʻz yozuviga ega emas.
Adabiyot
tahrir- Zo1’raf G.A., Yazmki Ipdii, pakiszapa, Seilona i Nspala, M., 1960: And-roiov M.S., Drapiliyskiye yazmki, M., 1965; Anlropov M.S., Sravpiteliaya grammatika dravidiyskix yaznkov, M., 1978. Abduvahob Madvaliyev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |