Drel (nemischa. Drilibohrer — burgʻilash, parmalash) — metall, yogʻoch va b.da kichik (50 mm gacha) teshiklar ochish uchun moʻljallangan asbob. Parmasi dastaki, elektr va pnevmatik harakatlantiriladigan xillari bor. Elektr drellar elektr dvigatel, korpus, tishli uzatma va parma oʻrnatiladigan patrondan iborat. Bunday drellar oʻzgaruvchan tok bilan, pnevmatik drellar kompressor hosil qiladigan siqiq havo bilan ishlaydi. Drellarning ikki turi bor 1-zaryadlanadigan, 2-to'g'ridan to'g'ri tokka ulanadigan. Elektr drellar elektr dvigateli elekto magnit induksiya qonuni bo'yicha ishlaydi. Elektr drellarni elektr dvigatel kuchini kuchaytirish orqali beton devorlarni teshishda va boshqa qurilish ishlarida universal holatda ishlatsa bo'ladi. Elektr drellardan hayotimizda juda koʻp foydalanamiz. Drel so'zi nemischa bo'lishiga qaramay hamma tillarda birdek foydalaniladi. Hozirgi kunda drellarni Rossiyaning Intereskol, Yaponiyaning HITACHI, MAKITA,YATO kabi katta firmalar ishlab chiqarmoqda va EPA, BOSCH, TOTAL, CROWN, RTMAX, FIXTEC, RQDEX, IGCO, TEXA, DEWALT kabi brendlar ostida ham ishlab chiqarilyapdi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil