Drenaj, qishloq xoʻjaligi yerlarini drenajl ash — qishloq xoʻjaligi melioratsiyasining muhandislik usuli; ekinlarning normal rivojlanishiga xalaqit beradigan ortiqcha tuproq-grunt suvlarini va yeuvda eruvchan zaqarli tuzlarni tuproq qatlamlaridan chiqarib tashlash uchun quriladigan gidrotexnika inshootlari tizimi. Grunt suvlari toʻplanib qoladigan yoki uning oqib ketishi qiyin boʻlgan joylarda shoʻrlanish va botqoqlanishga uchragan tuproklarda D. barpo qilinadi. Bunday yerlarda D. qurish gurunt suvlarining oqib ketishini va natijada tuproq qatlamining tadrijiy shoʻrsizlanishini, yuza grunt suvlari sathini pasaytirishni taʼminlovchi meliorativ kompleksning asosi hisoblanadi. Shoʻrlangan qurgʻoqchil zonadagi rayonlarda gidrotexnik D. grunt suvlari sathini shoʻr yuvishni oʻtkazishga imkon beradigan chuqurlikkacha pasaytirish; drenajlanadigan tuproq-grunt qatlamidan shoʻr yuvishda suvda eriydigan zaharli tuzlarni chiqarib tashlash; chuchuklashtirilgan grunt suvlari sathini ildiz tarqaladigan tuproq qatla-mini shoʻrlanishga olib kelmaydigan darajada saqlash kabilarni taʼminlaydi.

Sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida gorizontal drenaj:, vertikal drenaj va kombinatsiyalangan drenaj: tiplari qoʻllanadi. D.ning turli tiplari hududning geologiklitologik va xoʻjalik sharoitlariga qarab qoʻllanadi. Ularning konkret sharoitdagi samaradorligi gruntlarning suvfizik xossalari va drenajlanadigan obʼyektning gidro-geologik-meliorativ xususiyatlari (grunt suvlarining bosimi, ularning oziqlanish sharoitlari) bilan belgilanadi.

Oʻzbekistonda hozirgi sugʻorilayotgan va kelgusida sugʻorishga yaroqli hududlar gidrogeologik sharoitlar hamda D. turini qoʻllash boʻyicha tiplarga boʻlingan (qarang Meliorativ rayonlashtirish). 90-yillar boshida Oʻrta Osiyodagi deyarli 7 mln.ga sugʻoriladigan yerlarda 125 ming km ochiq va 30 ming km dan ortik. yopiq D. tarmoqdari, 5000 dan ortiq vertikal D. burgʻi quduqlari qurilgan. Yana q. Shoʻr yerlar melioratsiyasi.

Masharif Boqiyev.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil