Dualistik respublika
Dualistik respublika — bunday davlat boshqaruvi shaklida hukumat faqat prezident oldida oʻz faoliyati yuzasidan hisob berib turadi, parlament oldida masʼul emas. Bu shundan kelib chiqib belgilanganki, parlament hukumat tarkibini tuzmaydi hamda unga ishonchsizlik huquqiga ega boʻlmaydi. Chunki qonunchilik va ijro etuvchi hokimiyat prezidentlik respublikasida oʻz vakolatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri oladi. Prezident ijroiya hokimiyat boshligʻi sifatida xalq tomonidan saylanadi shuningdek uni natijasida davlat boshligʻi funksiyasini mustaqil amalga oshirish huquqiga ega boʻladi. Demak, dualistik respublika shaklidagi davlat boshqaruvida prezident davlat boshligʻi funksiyasini amalga oshira borib, Bosh vazir lavozimini ham egallaydi. Ushbu davlat boshqaruvi shaklining asosiy belgisi-hukumatning oʻz siyosiy faoliyati toʻgʻrisida parlament oldida javobgarligini belgilanmaganligi hisoblanadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi