Duduqlanish — tutilib gapirish; nutq maromining buzilishi, harf va boʻgʻinlarni tutilib-tutilib yoki bir necha marta qaytarib talaffuz qilish. Koʻproq bolalarda uchraydi. Tugʻma irsiy omillar (alkogolizm, giyohvandlik), koʻpincha qoʻrqish, hayajonlanish (kamdan-kam hollarda taqlid qilish), homiladorlik davridagi turli zararli illatlarning homila jismiga taʼsiri, baʼzan goʻdaklikda endi nutq shakllanayotganda ruhiy kasalliklar bilan ogʻrish, bosh miya shikastlari va boshqa kasalliklar sabab boʻladi. Ayrim hollarda duduq bolaning beixtiyor qoʻl, oyoqlari qimirlab, yuz muskullari uchib turadi. Duduqlar uyalganda, hayajonlanganda koʻproq tutilib qoladi. Oʻz vaqtida toʻgʻri davo qilinmasa, bola maktabga borganida D. yanada kuchayadi, ayniqsa, oʻsmirlar D.dan uyalib, kam gapirishga, oʻz fikrlarini bosh va qoʻl harakati bilan tushuntirishga intilishadi. D. yosh ulgʻaygan sari kamayib boradi, baʼzan D. umrbod saqlanib qoladi (yana q. Logopediya).

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil