Dumaloqkoʻl
Dumaloqkoʻl - 1970-yillargacha Amudaryoning quyi oqimida mavjud boʻlgan koʻl. Maydoni 720 ga, oʻrtacha chuq. 2,5 m boʻlib, maydonining 70%ni qamishzor tashkil etgan. Koʻl atrofini qalin toʻqayzorlar uragan. D. Amudaryoning kichik tarmoqlaridan kelgan suv hisobiga toʻyingan. Koʻldan tangabaliq, chavoq va qizilqanot baliqlar, ondatra ovlangan. Suv ostida vodorod sulfid gazi borligidan baliklar qirilib turgan. D. keyingi yillarda qurib qolgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |