Navcha, dumrov — oʻtmishda boylarga yollanib ishlaydigan oʻspirin yigitlar. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida keng tarqalgaNavcha Navcha dehqonchilik bilan bogʻliq har xil ishlarni: yer haydash, ekin ekish, ekinni oʻrib-yigʻib olish, yanchish, ariqzovurlarni qazish, goʻng chiqarish va boshqalarni bajargaNavcha Navchani boy xoʻjaliklar koʻpincha chorakorlarga yordamchi qilib olganlar. Navcha 9 oyga, yaʼni bahorda qoʻsh chiqarish vaqti (mart— aprel)dan to kuzgacha, yerni shudgor qilgunga (oktyabr — noyabr) qadar boʻlgan davrga yollangaNavcha Navcha oladigan haqini xoʻja-yin bilan oldindan kelishib olgaNavcha Ish haqi qishloq xoʻjaligidan olinadigan mahsulot bilan toʻlangaNavcha Navcha donli ekinlardan (arpa, bugʻdoy, joʻxori va boshqalar) taxminan 1/5— 1/6 hissadan 7,2 qissagacha haq olgaNavcha Agar Navcha chorakorga yordamchi boʻlib ishlasa, uning ish haqi olinadigan hosilning 1/20—1/25 hissasigacha toʻgʻri kelgaNavcha Mehnat haqidan tashqari xoʻjayin Navchani ovqat hamda kiyim-bosh bilan taʼminlashi kerak boʻlgaNavcha[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil