Duragay urugʻ — irsiyati har xil navlar, turlar va turkumlarni chatish-tirishdan olingan urugʻ. D. u. ota-onalari genlarining kayta juftlanishi va transgressiya (qoʻshilib taʼsir etishi) asosida yangi belgi va xususiyatlarni oʻzida mujassam etadi. Genlar nazoratidagi belgi va xususiyatlar duragaylarning har bir boʻgʻinida yangidan ri-vojlanadi. D. u. olish usuli va tartibi sunʼiy duragaylashgan, yaʼni bir navning gulini (onaligini) ikkinchi navning changi (otaligi) bilan changlashdan iborat. D. u. genetik tadqiqotlar, shuningdek, seleksiyada yangi navlar yaratishda ota-ona organizmlarining biron-bir muhim belgilarini yangi navlarga oʻtkazishda qoʻllanadi. Birinchi boʻgʻindagi D. u. geterozis belgilariga ega boʻladi.

Dehqonchilikda D. u.lardan gʻoʻza, makkajoʻxori, oq joʻxori, qand lavlagi, bodring, sabzavot ekinlari hamda koʻpchilik yem-xashak ekinlari hosildorligini oshirishda keng foydalaniladi. Ayniqsa makkajoʻxorining D. u.ni yetishtirish boʻyicha maxsus urugʻchilik xoʻjaliklari tarmogʻi tashkil etilgan. Shuningdek, bugʻdoy va moyli ekinlarning D. u.laridan foydalanish imkoniyatlari ham oʻrganilmoqda. Asosan, birinchi boʻgʻin D. u.lar ekiladi. Ikkinchi va undan keyingi boʻgʻinlarda ularning hosili pasayadi. D. u.larni koʻplab olish usullari topilgan holdagina ulardan unumli foydalanish imkoniyati tugʻiladi.

D. u.larni yetishtirish usullari oʻsimlikning biologik xususiyatlariga, chu-nonchi, gullash tipiga qarab belgilanadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil