Dyuralyuminiy
(Duralyuminiydan yoʻnaltirildi)
Dyuralyuminiy, duralyuminiy, dyural (nem. Durek — alyuminiy va kotishmalar ishlab chiqarish boshlangan birinchi shahar nomidan) — alyuminiyning mis (2,2—5,2%), magniy (0,2—2,7%) va marganets (0,2— 1,0%)li qotishmasi. 500° ga yaqin temperaturagacha qizdirilgandan keyin suvda toblanadi va tabiiy yoki sunʼiy tarzda chiniqtirib mustahkamlanadi. D. transport va aviatsiya mashinasozligida kons-truksion material sifatida keng ishlatiladi. D.ning korroziyalanish (zanglash) xossasi yuqori boʻlmaganligi sababli, ulardan tayyorlangan listlarga toza alyuminiyning yupqa qatlami koplanadi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |