Durango (Meksika)
Durango — Meksikadagi shahar, Gʻar-biy Syerra-Madre togi etagida. Durango shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 350 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Muhim transport yoʻllari tuguni. Konchilik (oltin, kumush, temir rudasi, qalay) va qishloq xoʻjaligi rayoni markazi. Metallurgiya, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, teri, oziq-ovqat sanoati korxonalari, Xuares universiteti (1933), shahar yonida yirik temir ruda konlari bor. Durango 1563-yilda asos solingan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |