Durda
Durda — 1) sariyogʻ eritilganda hosil boʻladigan quyqa jizza; 2) sariyogʻga qatiq qoʻshib tayyorlanadigan tamaddi; sariyogʻni past olovda qizdirib, unga qatiq va tuz solib qaynatiladi. Tayyor boʻlgach, durdaning ustki qismi tilla rangda qumoq-qumoq boʻlib qoladi, tagida esa jigarrang jizza hosil boʻladi. D. nordonroq, yoqimli va mazali boʻlib, nonga qoʻshib isteʼmol qilinadi, baʼzida taomlarga ham qoʻshiladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |