Durres
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Durres (Andoza:Lang-alb), Дирра́хий (grekcha: Δυρράχιο), Драч (bulgʻ., serb. Драч), Дура́ццо (italyancha: Durazzo) — Albaniya gʻarbidagi shahar. Adriatika dengizining Durres qoʻltigʻi boʻyida. Durres retining maʼmuriy markazi. Aholisi 70 ming kishidan ziyod. Mamlakatning eng katta porti. Shosse va temir yoʻllar tuguni. Kemasozlik, metallsozlik, oziq-ovqat, tamaki, koʻn, rezina sanoati korxonalari, shahar chetida kurortlar bor. Yirik baliq ovlash bazasi. Iqlimi yumshoq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 5°, iyulniki 25°, yillik yogʻin 1100–1800 mm. Shaharga mil. av. 7-asrda asos solingan. Antik shahar qoldiqlari saqlangan. Turizm rivojlangan.
Durres Durrës, Durrësi | |
---|---|
41°19′27″N 19°27′21″E / 41.32417°N 19.45583°E | |
Mamlakat | Albaniya |
Asos solingan | m.av. 627 |
Aholisi (2011) |
115 550 |
Avtomobil kodi | DR |
|
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |