Dush (ital. doccia — suv quvuri) — suvning badanga zarb bilan urilishidan iborat suv muolajasi; gigiyenik va davolash maqsadida qoʻllanadi. Suv oqimining shakliga koʻra yomgʻirsimon (suv 1—2 ml li mayda naylardan otilib chiqadi), sirkulyar (bunda birtalay ingichka suv oqimlari hamma tomondan bir tekis badanga uriladi), oqimli (Sharko D., 1—4 at. bosimdagi suv oqimi navbatma-navbat badanning turli qismiga yoʻnaltiriladi) va b. D. farq qilinadi. Suv temperaturasi sovuk, (20°dan past), salqin (20—33°), iliq (34—38°), issiq (40° atrofida va undan yuqori) boʻlishi mumkin. Bir-biriga zid boʻlgan, yaʼni goh issiq, goh sovuq oqimli D. shotland dushi deyiladi. Suv oqimining yoʻnalishiga qarab bir tekis, koʻtariluvchi, tushuvchi, shuningdek, suv bosimiga kura past (0,3—1 at.), oʻrtacha (1,5—2 at.) va yuqori (3—4 at.) bosimli D.lar ajratiladi.

Suv ichida oʻtkaziladigan massaj-D. ham muhim muolaja hisoblanadi. Bunda vannadagi issiq suvda yotgan kishining badani qoʻl bilan emas, balki maxsus apparat orqali bosim ostida yuboriladigan suv oqimi bilan massaj qili-nadi. Suvning temperaturasi va badanga urilishi D.ning fiziologik taʼsir etish negizidir.

Nerv sistemasi va moddalar almashinuvining buzilishi bilan bogʻliq funksional kasalliklarda D. dan davo maqsadida foydalaniladi (yana q. Suv bilan davolash).

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil