Dushanbe stadioni
Dushanbe stadioni (tojikcha: Варзишгоҳи Душанбе) – 2019-yilda Tojikistonning Dushanbe shahrida qurilishi boshlangan va hozirda qurilish ishlari toʻxtab qolgan futbol stadioni boʻlib[2], 2021-yilda ochilishi rejalashtirilgan edi[1]. Oʻyingoh 30 000 tomoshabinni sigʻdira olishi rejalashtirilgan[3].
Joyi | Dushanbe, Tojikiston |
---|---|
Koordinatalari | 38°35′12″N 68°46′29″E / 38.58667°N 68.77472°E |
Asos solingan | March 2019[1] |
Egasi | Tojikistan futbol federatsiyasi |
Yuzasi | Tabiiy chim |
Hajmi | 30,000 |
Rejalar
tahrirObyekt 9 gektardan ortiq maydonda barpo etilib, turli sport va madaniy tadbirlarni oʻtkazish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilishi belgilangan. Futbol maydonining maydoni 105x68 metrni tashkil qiladi. Stadion toʻrtta tribunadan iborat boʻlib, ular ikki qavatdan iborat boʻladi.
Stadion hududida lift, elektr podstansiyasi, yongʻin oʻchirish havzasi, 2000 ta mashinaga moʻljallangan toʻxtash joyi kabi yordamchi inshootlarni qurish rejalashtirilgan. Mehmonlar uchun jami 448 oʻrinli alohida xonalar, 9 metrdan ortiq balandlikda sayr qilish uchun oʻyin maydonchalari va boshqa yordamchi inshootlar qurish rejalashtirilgan. Oʻyingoh hali bitmagan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „В Душанбе возводят современный 30-тысячный стадион | Спорт“. Туркменистан, интернет портал о культурной, деловой и развлекательной жизни в Туркменистане.
- ↑ „Dushanbeda 30 ming o‘rinli zamonaviy stadion quriladi“ (2019-yil 16-mart).
- ↑ „Рустами Эмомали ознакомился со строительством нового 30-тысячного стадиона в Душанбе — Федерация Футбола Таджикистана“.