Dutorchi qizlar ansambli, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi qoshida G'anijon Toshmatov nomidagi dutorchi qizlar ansambli — xonanda va sozanda xotin-qizlardan tashkil topgan ansambl. Dastlab Oʻzbek davlat filarmoniyasi qoshida "Dutorchi qiz-juvonlar" ansambli (1939 yil) tashkil etilgan. Badiiy rahbari — L. Sarimsoqova, musiqa rahbari — Y. Rajabiy, baletmeyster — G. Rahimova. Repertuaridan oʻzbek xalq va bastakorlarining kuy va qoʻshiqlari oʻrin olgan: "Oʻzgancha", "Quling", "Tanavor", "Hakkalakam oʻynasam man", "Yorginam" va b. Ikkinchi jahon urushi yillarida ansambl aʼzolari front konsert brigadalari tarkibida konsertlar bergan. Repertuaridan oʻzbek, rus, qozoq, tatar, tojik, uygʻur va b. xalqlarning qoʻshiqlari oʻrin olgan. Keyinchalik u "Ashula va raqs ansambli" deb nomlangan. Ansamblda R. Bogdanova, K. Ismoilova, Oʻzbekis-tonda xizmat koʻrsatgan artist M. Abdullayeva va b. xizmat qilgan. 1958 yil yangidan "Dutorchi xotin-qizlar ansambli" tashkil etilgan (badiiy rahbari — M. Abdullayeva). 1964 yilda tarqalgan.

1977 yilda Toshkent shahar Madaniyat uyida A. Ilyosov boshchiligida "Dutorchi qizlar ansambli" tuzildi. Mazkur ansambl ishtirokchilari 1979 yil Oʻzbekiston radiosi va televideniyesi qoshida tashkil etilgan D.q.a. tarkibiga kirgan. Bad. rahbari va tashkilotchisi Gʻ. Toshmatov, musiqa rahbarlari — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist 3. Rahmatullayeva (1979—84 va 1990 yildan), 3. Suyunova (1985—90); 1994 yildan badiiy rahbari — 3. Suyunova. 1996 yildan — Gʻanijon Toshmatov no-mida, 30 kishidan iborat (2002). Yetakchi xonanda va sozandalar: Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar 3. Rah-matullayeva, S. Karimova va Q. Esonova; artistlar O. Madrahimova, R. Hojiyeva, D. Muhamedova, M. Qurbonova, X. Shorahmedova va b. Ansambl Fargʻona-Toshkent milliy qoʻshiqchilik anʼanalarini davom ettirmoqda. Repertuaridan yuzlab oʻzbek xalq qoʻshiqlari ("Chamannor", "Yoryoraxon-Gulyoraxon", "Simsim oralab", "Yoʻl boʻlsin", "Yor-yor" lar, laparlar, oʻlanlar), bastakor va kompozitor (G'. Toshmatov, K. Jabborov, S. Kalonov, F. Sodiqov, M. Murtazoyev, Q. Iskandarov, A. Ismoilov, R. Tursunov, T. Otaboyev, Q. Komilov, Sayfi Jalil va b.)lar asarlari ("Qoshing qarosi balo", "Baxtimdan", "Diyorimsan", "Uyolaman", "Kelasan", "Tamanno", "Humo", "Avval Vatan, keyin jon", "Sevgi"), shuningdek, ansambl ishtirokchilari (Z. Suyunova, Z. Rahmatullayeva, Q. Esonova) bastalagan qoʻshiqlar ("Boy qaynona", "Ayol", "Gul ochilsa", "Uzoq kutdim" va b.) va turli xalqlar (afgʻon, hind, uygʻur, qoraqalpoq, ispan) qoʻshiqlari oʻrin olgan. Ansambl Tojikiston, Rossiya, Fransiya, Germaniya, Turkiya mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.

Oʻzbekiston viloyatlari va oʻquv yurtlarida ham D.q.a.lari (mas, Nukus sh. 1-Madaniyat uyi qoshida "Qirq qiz" D.q.a., 1967; Fargʻona davlat pedagogika institutining "Nihol" D.q.a., 1977) tashkil etilgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil