Dwight D. Eisenhower

1953-yildan 1961-yilgacha AQSh prezidenti
(Dwight Eisenhowerdan yoʻnaltirildi)

Dwight David Eisenhower (talaffuzi: Duayt Devid Eyzenhauer; 1890.14.10, Denison, Texas shtati — 1969.28.3, Vashington) — AQShning 34-prezidenti (1953—61). Respublikachilar partiyasidan saylangan. Armiya generali (1944). Ittifoqchilarning Gʻarbiy Yevropadagi ekspeditsion qoʻshinlari oliy bosh qoʻmondoni (1943-yil, dekabr); AQShning Germaniyadagi okkupatsion qoʻshinlari qoʻmondoni (1945-yildan); NATO qurolli kuchlari oliy bosh qoʻmondoni (1950—52). Eisenhower 1961-yil harbiysanoat kompleksi taʼsirining kuchayishi xavfini oldini olishga chaqirgan. AQSH hukumatining Yaqin va Oʻrta Sharqdagi tashqi siyosatini ifodalovchi Eyzenxauer doktrinasi tashabbuskori[3].

Dwight D. Eisenhower
Tavalludi 14-oktyabr 1890[1][2]
Vafoti 28-mart 1969[1][2]
Fuqaroligi AQSh
Otasi David Jacob Eisenhower
Onasi Ida Stover Eisenhower
Imzosi

Manbalar

tahrir