Eʼzozxon Isroilova
Eʼzozxon Isroilova (1923-yil, Qizil Yulduz (Moygir) qishlogʻi, Izboskan tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS a'zosi (1946)[1], Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati.
Eʼzozxon Isroilova | |
---|---|
Tavalludi |
1923-yil 23-mart Qizil Yulduz qishlogʻi, Izboskan tumani, Andijon viloyati |
Vafoti | 1989-yil 13-fevral |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | SSR Mehnat Qahramoni, Deputat, Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirEʼzozxon Isroilova 1923-yil 23-martdaIzboskan tumani, Qizil Yulduz (Moygir) qishlogʻida tavallud topgan. 1965-yilda Toshkent Qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. Izboskan tumanidagi „Oʻzbekiston“ (sobiq „Kommunizm“) kolxozida brigada boshligʻi (1941—1945), rais (1945—1965), 1965-yildan Izboskan tumanidagi qishloq xoʻjaligi boshqarmasi bosh agronomi boʻlib ishlagan. Isroilova rais boʻlgan kolxozda paxta maydoni 150 gektardan 1550 gektarga kengaygan, paxta hosildorligi gektariga 13 sentnerdan 36 sentnerga oshgan. 2—6-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1947—1966-yillar) etib saylangan.
1989 yil 13-fevralda vafot etgan.
Farzandlari: Mirzakomil, Fotimaxon, Husanboy, Yoqutxon.
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzSE 1974, s. 120
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, V tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1974 — 640-bet.