Earl Wilbur Sutherland Jr.
Earl Wilbur Sutherland (19-noyabr 1915, Berlingeym, Kanzas — 9-mart 1974, Nashvill, Tennessi) — amerikalik biokimyogar va farmakolog. AQSH milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi. Klivlend (Ogayo)dagi Gʻarb universiteti tibbiyot maktabida boʻlim mudiri va professor (1953— 63). 1963-yildan Nashvildagi Vanderbilt universiteti tibbiyot maktabida fiziologiya professor Ilmiy faoliyati uglevodlar almashinuviga oid. Hayvonlar toʻqimasida siklik 3’, 5’ adenozinmonofosfat (sAMF)ni kashf etgan (1957) va uning gormonlar taʼsiri mexanizmida ahamiyati borligini anikdagan. Nobel mukofoti laureati (1971)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |