Eat, Pray, Love: One Womanʼs Search for Everything Across Italy, India and Indonesia – amerikalik yozuvchi Elizabeth Gilbertning 2006-yilda yozgan xotira kitobi. Xotirada yozuvchining ajrashganidan keyin dunyo boʻylab sayohati va sayohatlari davomida nimalar kashf etgani haqida hikoya qilinadi. Kitob 187 hafta davomida The New York Times bestsellerlari roʻyxatida turdi[1]. Julia Roberts va Javier Bardem ishtirok etgan film versiyasi 2010-yil 13-avgustda kinoteatrlarda premyera qilindi[2].

Eat Pray Love: One Woman's Search for Everything Across Italy, India, and Indonesia
Muallif(lar) Elizabeth Gilbert
Til inglizcha
Janr(lar)i Mumuar
Nashr etilgan sanasi 16-fevral, 2006-yil
Nashriyot Penguin
Sahifalar soni 352 (qattiq muqova)
ISBN 978-0-670-03471-0

Gilbert ushbu kitobini 2010-yil yanvar oyida Viking nashriyoti orqali nashr etilgan Committed: A Skeptic Makes Peace with Marriage kitobi bilan davom ettirdi. Bu uning Eat, Pray, Lovedan keyingi hayotini, shuningdek, nikoh tushunchasini oʻrganishni qamrab olgan asar boʻldi[3].

Syujeti

tahrir

34 yoshida Elizabet Gilbert oʻqimishli, uyi va eri bor hamda yozuvchi sifatida muvaffaqiyatli martabaga ega edi. Biroq, u oʻz nikohidan baxtsiz edi va ajrashishni xohlardi. Keyin u oʻzini tamom qilgan va yolgʻiz qolishicha sababchi bolib, hech qanaqa natija bermagan qayta tiklanish munosabatlariga kirishdi. Oʻzining qiyin ajrashishini yakunlaganidan soʻng, Gilbert keyingi yilda dunyo boʻylab sayohat qilishga qaror qildi[4]. Mablagʻ olish uchun u oʻz sayohatlari haqida xotiralar yozish haqida oʻz noshiriga murojaat qildi[5]. Buni u „hayratlanarli moʻjiza“ deb taʼrifladi[6].

U toʻrt oyni Italiyada oʻtkazdi, ovqatlandi va hayotdan zavqlandi („Eat“). U Hindistonda uch oyni oʻtkazdi va oʻzining maʼnaviyatini topdi („Pray“)[7]. U yilni Indoneziyaning Bali shahrida tugatib, ikkalasining muvozanatini qidirib topdi va keyinroq turmushga chiqqan va ajrashgan braziliyalik tadbirkorni sevib qoldi („Love“)[8].

Fimga moslashuvi

tahrir

Columbia Pictures ushbu memuar uchun film huquqlarini sotib oldi va xuddi shu nom ostida film versiyasini ishlab chiqdi. U 2010-yil 13-avgustda premyera qilindi. Filmda amerikalik aktrisa Julia Roberts rol oʻynadi. Rejissyor Ryan Murphy boʻldi. Filmda shuningdek, Javier Bardem, James Franco, Richard Jenkins, va Billy Crudup rol ijro etishdi[9][10]. Brad Pitt and Dede Gardner fimga prodyuserlik qilishdi[11].

Qabul qilinishi

tahrir

The New York Times gazetasidan Jennifer Egan Gilbertning nasrini „aql, zukkolik va soʻzlashuv joʻshqinligi uygʻunligi bilan toʻldirilgan“ deb taʼriflagan. U koʻproq „oʻzini tashlab qoʻyishni tanlagan noqulay, hal qilinmagan narsalar“ bilan qiziqdi va Gilbert „haqiqiy hayotning chalkashliklari va tugallanmagan ishlarini“ oʻtkazib yuborganini va „biz hikoyaning boshidan qanday yakunlanishini bilamiz“ deb taʼkidladi[4].

Oprah Winfrey kitobni ijobiy baholadi va unga The Oprah Winfrey Show tok-shousining ikkita epizodini bagʻishladi[12].

Salon sayti muharriri Lori Leibovich Gilbert hikoyasining kuchliligi haqida bir qancha boshqa sharhlovchilar bilan kelishib oldi. U Eganning Gilbertning omadlari cheksiz koʻrinadi degan fikrga qoʻshildi va quyidagicha izoh berdi: „Uning omadlari cheksiz koʻrinadi. Bir kishi shunday omadli boʻlishi mumkinmi?“[13].

Entertainment Weekly jurnalisti Jessica Shawning aytishicha, „bir necha zerikarli burilishlarga qaramay Gilbertning sayohati yaxshi qabul qilishga arziydi“[14]. San-Fransisko Chronicle nashriyotidan Don LattinEgan Hindistonda boʻlganida hikoya eng zerikarli boʻlgan degan fikrga qoʻshildi va kitobning toʻliq haqqoniyligiga shubha qildi[15]. The Boston Globe nashridan Barbara Fisherham Gilbertning yozuvini maqtab, „u vizual, seziladigan detallar bilan tasvirlaydi. U ekstazning epik shoiri“ deb taʼkidladi[16].

Shuningdek qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Paperback Nonfiction“. The New York Times (2010-yil 28-avgust). Qaraldi: 2010-yil 1-may.
  2. „Overview – Eat, Pray, Love (2008)“. The New York Times. Retrieved March 19, 2011.
  3. Callahan, Maureen. „Committed: A skeptic makes peace with marriage“. New York Post (2010-yil 3-yanvar).
  4. 4,0 4,1 Egan, Jennifer. „Eat, Pray, Love“. The New York Times (2006-yil 26-fevral). Qaraldi: 2008-yil 17-iyun.
  5. Holmes, Linda. „The 'Eat Pray Love' Problem: How Movie Liz Ruined The Story Of Book Liz“ (en). NPR (2010-yil 16-avgust). Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
  6. Gilbert, Elizabeth. Eat, Pray, Love: One Woman's Search for Everything (en). A&C Black, 2007-03-05. ISBN 978-0-7475-8566-4. 
  7. Eat, Pray, Love (review)“. 2011-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-oktyabr.
  8. Lichtenstein, Grace. „Heart and Soul“ (2006-yil 12-fevral). Qaraldi: 2008-yil 17-iyun.
  9. „Five Questions for Richard Jenkins“ (Wayback Machine saytida May 1, 2010, sanasida arxivlangan). TheFasterTimes.com. Retrieved March 19, 2011.
  10. Rozen, Leah. „Mother and Mega-Star, Happily Balanced“. The New York Times (2010-yil 29-aprel).
  11. Fleming, Michael. „Par setting table for adaptation“. Variety (2006-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2008-yil 17-iyun.
  12. Callahan, Maureen. „Eat, Pray, Loathe: Latest Self-Help Best Seller Proves Faith Is Blind“. New York Post (2007-yil 23-dekabr). 2012-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 17-iyun.
  13. Leibovich, Lori „Lost and found“. Salon. Qaraldi: 2008-yil 17-iyun.
  14. Shaw, Jessica (February 17, 2006). „Eat, Pray, Love“. Entertainment Weekly. 2008-05-29da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 17, 2008.
  15. Lattin, Don. „Pilgrim wants it all in Italy, India, Indonesia“. San Francisco Chronicle (2006-yil 19-fevral). Qaraldi: 2008-yil 17-iyun.
  16. Fisher, Barbara. „Eat, Pray, Love“. The Boston Globe (2006-yil 19-fevral). Qaraldi: 2008-yil 17-iyun.

Havolalar

tahrir