Ebulioskopiya (lotincha qaynayman va...skopiya) — eritma qaynash trasining koʻtarilishini toza erituvchi qaynash trasiga qiyoslab oʻlchashga asoslangan fizik-kimyoviy tekshirish usuli. Ebulioskopiya krioskopiya kabi erigan moddaning molekular massasini oʻlchashda qoʻllanadi. Ebulioskopiya usulini F. Raul 1882— 1888 yillarda taklif etgan. Raul qonuniga muvofiq, erituvchining toʻyingan bugʻ bosimi uchramaydigan modda eritmasi ustidagi konsentratsiyaga proporsional ravishda kamayadi. Moddalarning molekular massasini ebulioskopiya usuli boʻyicha aniqlashda toza erituvchining qaynash temperaturasi oʻlchanadi. Keyin toza erituvchidan maʼlum miqdorda tortib olinadi va unga tekshirilayotgan moddadan aniq oʻlchab qoʻshiladi, hosil boʻlgan eritmaning qaynash trasini oʻsha termometr (yoki termopara) yordamida oʻlchanadi. Ebulioskopik oʻlchash murakkabligi tufayli krioskopiya usuliga qaraganda kamroq qoʻllanadi.