Eddalar - Skandinaviya xalqlari mifologiyasi va qahramonlik eposlarini o‘zida jamlagan X-XIII asrlarga oid bo‘lgan nazmiy va nasriy to‘plamlar. Ular 1625 va 1641 yillarda Islandiyada topilgan. Ularning afsonalari og‘zaki tarzda saglar orqali yetib kelgan. Eddada ilohlar davridan avval boshqa g‘ayritabiiy kuchlar yotunlar davri bo‘lgani haqidagi kosmogonik miflar mavjud. Germanlar Imira ismli bahaybat mavjudot tanasidan ilohlar yer va osmonni, yasen daraxtidan erkak va olxdan ayolni yaratganlar, deb e’tiqod qilganlar. Ma’budlar bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan 2 toifaga: agressiv aslar va yaratuvchi vanlarga bo‘lingan. Eddada g‘orlarning ruhlari trollar va yerosti dunyosi ruhlari gnomlar, bahaybat mavjudotlar (velikanlar) va yer ruhlari elflar haqidagi afsonalar o‘rin olgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 421.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.