Chalatishlilar (Edentata) -yoʻldoshli sut emizuvchilar turkumi. Uzunligi 12 sm dan 1,2 m gacha. Oldingi oyoqlarining 2 yoki 3 ta barmogʻi boshqalariga nisbatan yirikroq boʻlib, kuchli tirnoqlari bor. Tishlarida emal va ildiz boʻlmaydi, doim oʻsib turadi; oziq va yirtqich tishlari rivojlanmagan (nomi shundan). Yoʻldoshi sodda, 3 ta oilasi (chumolixoʻrlar, yalqovlar, sovutlilar) bor. Janubiy Markaziy va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Yer ustida, daraxtlarda yashaydi. Oʻsimlik va hasharotlar bilan oziqlanadi. Koʻpchilik turlarining goʻshti isteʼmol qilinadi.

Chalatishlilar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar