Edin Cocalić (talaffuzi: Edin Kokalich; 1987-yil 5-dekabrda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Bosniya Premyer-ligasining Željezničar klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Edin Cocalić
Cocalić Željezničar safida, 2008-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 5-dekabr 1987-yil (1987-12-05) (36 yosh)
Tavallud joyi Višegrad, Yugoslaviya SFR
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Željezničar
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2006 Željezničar
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2009 Željezničar 88 (5)
2010—2012 Panionios 48 (1)
2012—2015 Maccabi Haifa 77 (2)
2015—2019 Mechelen 106 (2)
2019—2020 Akhisarspor 42 (2)
2020 Altay 3 (0)
2021 Panetolikos 12 (0)
2022— Željezničar 23 (1)
Milliy terma jamoa
2003 Bosniya va Gersegovina U17 3 (1)
2005 Bosniya va Gersegovina U19 2 (0)
2007—2008 Bosniya va Gersegovina U21 5 (0)
2015—2017 Bosniya va Gersegovina 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 6-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

tahrir

Ilk faoliyati

tahrir

Cocalić 1999-yilda Željezničarning yoshlar akademiyasi orqali asosiy klubga qoʻshilgan. 2006-yilda 18 yoshida professional debyut qilgan[1].

2010-yilning yanvarida Gretsiyaning Panionios klubi bilan shartnoma imzoladi[2].

2012-yil yanvar oyida Cocalić Isroilning Maccabi Haifa jamoasiga oʻtdi[3].

Mechelen

tahrir

2015-yilning 31-yanvarida Cocalić Belgiyaning Mechelen jamoasi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi[4]. Bir hafta oʻtgach, Charleroiga qarshi klubdagi rasmiy debyutini oʻtkazdi[5].

2017-yilning yanvarida Cocalić ikki yarim mavsumlik shartnomaga rozi boʻldi[6].

2018-yilning 23-yanvarida jamoadagi 100-o‘yinini Sint-Truidensega qarshi o‘tkazdi[7].

2018-yilning mart oyida Mechelen Belgiya birinchi divizioni B ga tushib ketganiga qaramay, Cocalić klubda qolishga qaror qildi va hatto shartnomasini qoʻshimcha mavsumga uzaytirdi[8].

Akhisarspor

tahrir

2019-yilning 21-yanvarida Cocalić nomaʼlum to‘lov evaziga Turkiyaning Akhisarspor jamoasiga o‘tdi[9]. Bir hafta oʻtgach, klubdagi debyutida gol urdi va toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka oldi[10].

„Akhisarspor“ni tark etgach, 2020-yil sentyabr oyida Cocalić 1. Lig klubi Altay bilan shartnoma imzoladi[11].

2021-yil 17-yanvarda Gretsiyaning Panetolikos klubiga oʻtdi[12]. 2021-yilning noyabrida Cocalić Panetolikos bilan shartnomasini bekor qildi va klubni tark etdi[13].

Željezničarga qaytish

tahrir

2022-yil 24-yanvarda Cocalić „Jeljezničar“ni tark etganidan keyin oʻn yildan koʻproq vaqt oʻtgach, sobiq klubiga qaytdi[14].

2022-yilning 16-iyulida Cocalić 2022—2023-yilgi mavsumdagi ilk golini Leotar darvozasiga kiritdi, bu 2009-yil oktyabr oyidan beri Bosniya Premyer-ligasidagi ilk goli edi[15].

Xalqaro faoliyati

tahrir

Cocalić barcha yoshlar darajasida Bosniya va Gersegovinani himoya qilgan. 17 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida sardori boʻlgan[16].

2015-yilning mart oyida Andorra va Avstriyaga qarshi oʻyinlarga birinchi marta chaqiruv oldi[17].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Cocalić 2010-yil mart oyida sevgilisi Merima bilan turmush qurgan. Ularning bir qiz va bir oʻgʻli bor[18].

Faoliyat statistikasi

tahrir
6-noyabr, 2022-yil[19]
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Željezničar 2005—2006 Bosniya Premyer-ligasi 6 0 1 0 - - 7 0
2006—2007 Bosniya Premyer-ligasi 26 1 4 0 - - 30 1
2007—2008 Bosniya Premyer-ligasi 23 1 5 1 - - 28 2
2008—2009 Bosniya Premyer-ligasi 25 1 1 0 - - 26 1
2009—2010 Bosniya Premyer-ligasi 8 2 2 0 - - 10 2
Jami 88 5 13 1 - - 101 6
Panionios 2009—2010 Gretsiya Superligasi 7 1 1 0 - - 8 1
2010—2011 Gretsiya Superligasi 26 0 0 0 - - 26 0
2011—2012 Gretsiya Superligasi 15 0 2 1 - - 17 1
Jami 48 1 3 1 - - 51 2
Maccabi Haifa 2011—2012 Isroil Premyer-ligasi 16 0 4 0 - - 20 0
2012—2013 Isroil Premyer-ligasi 25 0 3 0 - - 28 0
2013—2014 Isroil Premyer-ligasi 22 1 0 0 11 0 - 33 1
2014—2015 Isroil Premyer-ligasi 14 1 1 0 - - 15 1
Jami 77 2 8 0 11 0 - 96 2
Mechelen 2014—2015 Belgiya birinchi divizioni A 15 1 - - - 15 1
2015—2016 Belgiya birinchi divizioni A 24 1 3 1 - - 27 2
2016—2017 Belgiya birinchi divizioni A 36 0 2 0 - - 38 0
2017—2018 Belgiya birinchi divizioni A 26 0 2 0 - - 28 0
2018—2019 Belgiya birinchi divizioni B 5 0 2 1 - - 7 1
Jami 106 2 9 2 - - 115 4
Akhisarspor 2018—2019 Süper Lig 9 1 2 0 - - 11 1
2019—2010 1. Lig 33 1 0 0 - 3 0 36 1
2020—2011 1. Lig 0 0 0 0 - - 0 0
Jami 42 2 2 0 - 3 0 47 2
Altay 2020—2011 1. Lig 3 0 1 0 - - 4 0
Panetolikos 2020—2011 Gretsiya Superligasi 12 0 1 0 - 1 0 14 0
Željezničar 2021—2012 Bosniya Premyer-ligasi 11 0 - - - 11 0
2022—2013 Bosniya Premyer-ligasi 12 1 1 1 - - 13 2
Jami 23 1 1 1 - - 24 2
Jami faoliyati 399 13 38 5 11 0 4 0 452 18

Xalqaro

tahrir
10-oktyabr, 2017-yil[20]
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Bosniya va Gertsegovina 2015-yil 4 0
2016-yil 3 0
2017-yil 3 0
Jami 10 0

Manbalar

tahrir
  1. „Edin Cocalić: Želja mi je da se od fudbala oprostim u dresu Željezničara“ (bs). scsport.ba (2018-yil 3-iyul). Qaraldi: 2018-yil 6-iyul.[sayt ishlamaydi]
  2. „Edin Cocalić nastavlja karijeru u grčkom Panioniosu“ (bs). klix.ba (2010-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 11-yanvar.
  3. „Cocalić: U Maccabiju sam odlično primljen“ (bs). sportsport.ba (2012-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 24-yanvar.
  4. „Službeno: Cocalić potpisao za Mechelen“ (bs). sportsport.ba (2015-yil 2-fevral). Qaraldi: 2015-yil 2-fevral.
  5. „Cocaliću 90 minuta na debiju za Mechelen“ (bs). sportsport.ba (2015-yil 7-fevral). Qaraldi: 2015-yil 10-fevral.
  6. „Cocalić produžio ugovor sa Mechelenom“ (bs). sportsport.ba (2017-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 30-yanvar.
  7. „Cocaliću 90 minuta u porazu Mechelena“ (bs). sportsport.ba (2018-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 25-yanvar.
  8. „Cocalić donio odluku: Potpisao ugovor do 2022. godine“ (bs). sportsport.ba (2018-yil 10-may). Qaraldi: 2018-yil 12-may.
  9. „Edin Cocalić potpisao za Akhisar“ (bs). sportsport.ba (2019-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 22-yanvar.
  10. „Cocalić postigao gol i dobio crveni karton na debiju za Akhisarspor“ (bs). reprezentacija.ba (2019-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
  11. A. Čaušević. „Cocalić je potpisao za svoj šesti klub u karijeri“ (bs). sportsport.ba (2020-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 17-sentyabr.
  12. E. Škorić. „Edin Cocalić ima novi klub“ (bs). sportsport.ba (2021-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 17-yanvar.
  13. S. Mlaćo. „Cocalić napustio Grčku, u Sarajevu spreman dočekuje nove izazove“ (bs). sportsport.ba (2021-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 24-noyabr.
  14. G.Š. „Iz FK Željezničar potvrdili još jedan transfer“ (bs). avaz.ba (2022-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  15. H. Zilić. „Todorović šokirao Grbavicu, a onda Cocalić uzvratio majstorijom“ (bs). sportsport.ba (2022-yil 16-iyul). Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
  16. „Cocalić: Ispunio mi se dječački san“ (bs). avaz.ba (2015-yil 15-mart). Qaraldi: 2015-yil 16-mart.
  17. „Baždarević danas otkriva karte: Na spisku Đurić, Cocalić, Šehić, Zukanović, Štilić...“ (bs). klix.ba (2015-yil 16-mart). Qaraldi: 2015-yil 18-mart.
  18. „Gdje su i kako bh. reprezentativci upoznali svoje ljepše polovine?“ (bs). avaz.ba (2017-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 20-dekabr.
  19. „E. Cocalić“. soccerway.com. Qaraldi: 2022-yil 6-noyabr.
  20. „Edin Cocalić“. eu-football.info. Qaraldi: 2017-yil 10-oktyabr.