Edison Flores
Edison Michael Flores Peralta (talaffuzi: Edison Maykl Flores Peralta) 1994-yil 15-mayda Peruda tugʻilgan. Perulik futbolchi „Atlas“ klubi va Peru terma jamoasi hujumchisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Edison Flores | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlar | |
Ism sharifi |
Edison Michael Flores Peralta |
Tugʻilgan |
(28 yosh)Peru |
Fuqaroligi | |
Boʻyi |
170 sm |
Vazni |
77 kg |
Pozitsiyasi | |
Hozirgi jamoasi | |
Klub | |
Raqami |
10 |
Mediafayli na Vikisklade |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirFlores professional faoliyatini „Universitario“ klubida boshlagan. 2011-yilda u Libertadores kubogi yoshlar jamoasida yoshlar jamoasi bilan gʻalaba qozonib, uning eng yaxshi oʻyinchisiga aylanganidan keyin asosiy tarkibga kiritildi. 1-avgust kuni „Juan Aurich“ga qarshi oʻyinda Edison Peru Primer ligasida debyut qildi[3]. 2012-yil 22-aprelda „León de Huánuco“ qarshi bahsda Flores „Universitario“ safidagi ilk golini urdi[4].
Oʻsha yilning 31-avgustida u Ispaniyaning „Villarreal“ jamoasiga oʻtdi va u yerda ikkinchi jamoada oʻynay boshladi[5]. 30-sentyabr kuni „Badalon“ga qarshi oʻyinda[6]. 1-dekabr kuni „Levante“ga qarshi kechgan bahsda Flores yangi jamoasi safida ilk golini urdi[7]. 2014-yilning yozida Edison „Universitario“ga qaytdi.
2016-yil 11-avgustda Flores Daniyaning „Olborg“ jamoasiga oʻtib, toʻrt yillik shartnoma imzoladi[8]. 15-avgust kuni „Esbjerg“ga qarshi oʻyinda u Daniya Superligasida debyut qildi[9]. 28-avgust kuni „Orxus“ga qarshi bahsda Edison „Olborg“ uchun birinchi golini urdi[10].
2018-yil 28 avgustda Flores Meksikaning „Monarcas Morelia“ jamoasiga oʻtdi[11]. 22-sentyabr kuni „UNAM Pumas“ga qarshi oʻyinda u Meksika Primer ligasida debyut qildi[12].
2020-yil 13-yanvarda Flores MLS klubi „DC United“ga qo‘shildi[13]. Matbuot xabariga koʻra, transfer summasi 5 million dollarni tashkil etgan, futbolchining maoshi esa bonuslar bilan birga besh yil davomida yiliga 2 million dollar atrofida boʻlgan[14]. U 29-fevralda 2020-yilgi mavsum startidagi „Colorado Rapids“ga qarshi o‘yinda AQSh Oliy Ligasidagi debyutini o‘tkazdi[15]. 25-avgust kuni „New England Revolution“ga qarshi oʻyinda Flores yuz suyaklarini sindirib oldi, buning uchun u plastik jarrohlik amaliyotini oʻtkazdi[16]. U 6 haftadan soʻng 11-oktabr kuni „Chicago Fire“ga qarshi oʻyinda maydonga qaytdi[17]. 2021-yil 13-may kuni „Chicago Fire“ga qarshi o‘yinda u MLSdagi ilk golini urdi[18][19]. 23-may kuni „Philadelphia Union“ga qarshi oʻyinda Flores yana jarohatlandi[20]. 15-avgust kuni „Nashvill“ga qarshi oʻyinda maydonga qaytdi[21].
2022-yil 23 iyunda Flores „Atlas“ga oʻtib, Meksika chempionatiga qaytdi[22].
Xalqaro faoliyati
tahrir2011-yilda Peru yoshlar terma jamoasi tarkibida Flores Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Argentina, Ekvador, Boliviya va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[23][24][25][26]. Boliviyaliklar va urugvayliklarga qarshi bahslarda Edison uchta gol urdi.
2013-yilda Peru yoshlar jamoasi tarkibida Flores Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan.
2013-yil 14 avgustda Paragvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida futbolchi Peru terma jamoasida debyut qilgan[27]. 2016-yilning 24-may kuni Trinidad va Tobagoga qarshi kechgan bahsda u terma jamoadagi ilk golini urdi[28].
2016-yilning yozida Flores milliy terma jamoa tarkibida AQSHda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi.
2018-yilda Flores 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi.
2019-yilning yozida Edison Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilingandi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Boliviyaga qarshi kechgan bahsda u 90-daqiqada gol urdi va jamoasi bilan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Yarim finalda Chiliga qarshi o‘yinda u gol urdi va jamoasining raqibni 3:0 hisobida mag‘lub etishiga yordam berdi.
Statistika
tahrirJamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kuboklarda | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Universitario de Deportes Peru |
2011 | 11 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 15 | 0 |
2012 | 26 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 26 | 4 | |
Jami | 37 | 4 | 1 | 0 | 3 | 0 | 41 | 4 | |
Villarreal C. F. „B“ Ispaniya |
2012-13 | 16 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 16 | 3 |
2013-14 | 28 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 28 | 4 | |
Jami | 44 | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 44 | 7 | |
Universitario de Deportes Peru |
2014 | 16 | 2 | 6 | 1 | 0 | 0 | 22 | 3 |
2015 | 24 | 3 | 6 | 1 | 3 | 0 | 33 | 4 | |
2016 | 24 | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 24 | 8 | |
Jami | 64 | 13 | 12 | 2 | 3 | 0 | 79 | 15 | |
Aalborg B. K. Daniya |
2016-17 | 18 | 1 | 2 | 1 | 0 | 0 | 20 | 2 |
2017-18 | 29 | 1 | 2 | 1 | 0 | 0 | 31 | 2 | |
Jami | 47 | 2 | 4 | 2 | 0 | 0 | 51 | 4 | |
Monarcas Morelia Meksika |
2018-19 | 24 | 5 | 2 | 0 | 0 | 0 | 26 | 5 |
2019-20 | 21 | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 21 | 7 | |
Jami | 45 | 12 | 2 | 0 | 0 | 0 | 47 | 12 | |
D. C. United AQSh |
2020 | 13 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 13 | 0 |
2021 | 16 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 16 | 2 | |
2022 | 12 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 13 | 1 | |
Jami | 41 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 42 | 3 | |
Atlas F. C. Meksika |
2022 | 15 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 16 | 0 |
Jami | 15 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 16 | 0 | |
Umumiy faoliyatida | 293 | 41 | 21 | 4 | 6 | 0 | 320 | 45 |
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.national-football-teams.com/player/53265.html
- ↑ Edison Flores // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
- ↑ „Хуан Аурич VS. Университарио 1:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 1-avgust). 2018-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-mart.
- ↑ „Университарио VS. Леон де Уануко 2:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 22-aprel). 2017-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-mart.
- ↑ „Edison Flores: “Espero poder triunfar en el Villarreal”“ (es). Villarreal CF (31 de agosto de 2012). 2012-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Вильярреал B VS. Бадалона 1:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 30-sentyabr). 2018-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-mart.
- ↑ „Вильярреал B VS. Леванте B 1:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 1-dekabr). 2018-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-mart.
- ↑ Mikael Blond. „Officielt: Flores får fire år i AaB“ (da). bold.dk (2016-yil 11-avgust). 2022-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
- ↑ „Ольборг VS. Эсбьерг 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 15-avgust). 2018-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Ольборг VS. Орхус 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 28-avgust). 2018-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-sentyabr.
- ↑ Mikael Blond. „Officielt: AaB sælger Edison Flores“ (da). bold.dk (2018-yil 28-avgust). 2022-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
- ↑ „Монаркас Морелия VS. УНАМ Пумас 0:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 22-sentyabr). 2018-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-noyabr.
- ↑ „D.C. United acquire Peruvian National Team midfielder Edison Flores“ (en). D.C. United (2020-yil 13-yanvar). 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
- ↑ Tom Bogert. „DC United acquire Peru winger Edison Flores from Liga MX's Morelia“ (en). MLSsoccer.com (2020-yil 14-yanvar). 2020-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-noyabr.
- ↑ „Post-match Facts | #DCvCOL“ (en). D.C. United (2020-yil 29-fevral). 2020-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-mart.
- ↑ Tom Bogert. „DC United midfielder Edison Flores out 4-6 weeks with facial fractures“ (en). MLSsoccer.com (2020-yil 28-avgust). 2021-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
- ↑ „Post-match Facts | #CHIvDC“ (en). D.C. United (2020-yil 10-oktyabr). 2021-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
- ↑ Dylan Butler. „Recap: DC United 1, Chicago Fire FC 0“ (en). MLSsoccer.com (2021-yil 13-may). 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
- ↑ „Post-match Facts | #DCvCHI“ (en). D.C. United (2021-yil 12-may). 2021-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
- ↑ „D.C. United Midfielder Edison Flores Sustains Hamstring Injury“ (en). D.C. United (2021-yil 26-may). 2021-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-may.
- ↑ „Post-Match Facts | #NSHvDC“ (en). D.C. United (2021-yil 15-avgust). 2021-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
- ↑ „D.C. United Agree Terms with Atlas FC for the Permanent Transfer of Edison Flores“ (en). D.C. United (2022-yil 23-iyun). 2022-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
- ↑ „Аргентина (до 17 лет) VS. Перу (до 17 лет) 4:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 13-mart). 2018-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-mart.
- ↑ „Эквадор (до 17 лет) VS. Перу (до 17 лет) 4:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 15-mart). 2018-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-mart.
- ↑ „Перу (до 17 лет) VS. Боливия (до 17 лет) 2:4“ (en). soccerway.com (2011-yil 19-mart). 2016-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-mart.
- ↑ „Уругвай (до 17 лет) VS. Перу (до 17 лет) 0:3“ (en). soccerway.com (2011-yil 24-mart). 2018-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-mart.
- ↑ „Северная Корея VS. Перу 0:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 14-avgust). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-mart.
- ↑ „Перу VS. Тринидад и Тобаго 0:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 24-may). 2016-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-iyun.