Eduard Buchner
Eduard Buchner (1860.20.5, Myunxen – 1917.13.8, Fokshani, Ruminiya) – nemis kimyogari, Kil, Tyubingen, Breslavl, Vyursburg universitetlari professor (1893—1911). 1889-yilda pirazolni kashf etgan. 1897-yilda achish jarayonini faqat zamburugʻlar ishtirokida emas, balki ulardan ajratib olingan fermentlar yordamida ham amalga oshirish mumkinligini aniqlagan. Shu asosda keyinchalik boshqa mikroorganizmlardan sut kislotali, shuningdek sirka kislotali bijgʻishni keltirib chiqaradigan shira olishga muvaffaq boʻlindi. Nobel mukofoti laureati (1907)[1].
Eduard Buchner | |
---|---|
nemischa: Eduard Buchner | |
Tavalludi | 20-may 1860 |
Vafoti | 13-avgust 1917 |
Fuqaroligi | Germaniya imperiyasi |
Mukofotlari | Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti (1907) |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |