Eduard Pavlov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Eduard Eduardovich Pavlov | ||
Tavallud sanasi | 9-avgust 1965-yil | ||
Tavallud joyi | Luhansk Ukraina SSR | ||
Ampluasi | Himoyachi |
Eduard Eduardovich Pavlov (ukraincha: Едуард Едуардович Павлов; 1965-yil 9-avgustda Lugansk shahrida tugʻilgan) — sovet futbolchisi va ukrainalik futbol murabbiy.
Faoliyati
tahrirFutbolchilik faoliyati
tahrirKiyev futbol maktabining tarbiyalanuvchisi. Eduarning birinchi murabbiy Vyacheslav Semyonov hisoblanadi. Futbolchilik faoliyatida himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan. Katta futbolga kirib kelishidan avval Dinamo bolalar jamoasida toʻps srugan. Faoliyati davomida Metallurg (Dneprodzerjinsk), SKA (Odessa), Shaxtyor (Pavlograd), „Zorya“ Lugansk, „Xazar“ (Lenkoran, Ozarbayjon), Kasansayets (Kosonsoy, Oʻzbekiston), „Gruiec“ (Gruiec, Polsha) jamoalarida toʻp surgan. 1991-yil Kosonsoy jamoasi tarkibida SSSR Ikkinchi ligasida toʻp surdi. Faoliyatini 1992-yil Polsha jamoasi tarkibida yakunladi.
Murabbiylik faoliyati
tahrirFutbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng murabbiylar maktabida oʻqidi va murabbiylik faoliyatini boshladi. Murabbiylik faoliyatini dastlab bolalar va oʻsmirlar jamolarida, DYUSSH „Dinamo“, RVUFK U-16, „Eurobis“, „Arsenal“ (barchasi — Kiev), Ukrainaning „U-15“ yoshlar jamoasida ishladi. Uning jamoalaridan bir qator taniqli futbolchilar yetishib chiqdi. 2005-yildan Professional jamoalarda, jumladan, „Nafkom“ Brovary, „Knyazha“[1], „Knyazha-2“ (Baxtli), „Niva“ Ternopil, „Stal“ Dneprodzerjinsk, „Ingulets“ Petrovo, „Yerevan“, „Arsenal U-19“ Kiev, Lvov FK jamoalarida faoliyat olib bordi. Eduard bugungi kunda UEFA PRO litsenziyasiga ega[2]. Murabbiylik tajribasi 22 yildan ortiq.
2021-yil noyabr oyida „Nikolayev“ jamoasida bosh murabbiylikdan boʻshatilgan Sergey Shevchenkoni oʻrniga bosh murabbiy sifatida shartnoma imzoladi[3][4]. Jamoadagi faoliyatini boshlagan davrida klubda Koronavirus bilan kasallangan futbolchilar koʻpligi sababli bir qator oʻyinlari qoldirildi. 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bosqini natijasida maʼlum vaqtga musoboqalarda ishtirok etmasligini maʼlum qildi.