Edward A. Allworth (1920-yil 1-dekabr — 2016-yil 20-oktabr) — Markaziy Osiyoga ixtisoslashgan amerikalik tarixchi. Allworth Gʻarbning Markaziy Osiyoni tatbiq qilish boʻyicha yetakchi olimi sifatida eʼtirof etilgan[1]. U mintaqadagi turli etnik guruhlarni, jumladan, oʻzbeklar, tojiklar va buxorolik yahudiylarni keng oʻrgangan. Edward Allworth Oʻrta Osiyo tarixiga oid koʻplab kitoblar muallifidir.

Edward Allworth
Tavalludi 1-dekabr 1920
Vafoti 2016-yil 16-oktabr
Nyu York
Fuqaroligi AQSh
Mukofotlari CESS Lifetime Service to Field mukofoti (2016-yil vafotidan keyin berilgan)

Edward Allworth va Fanny Wickson Allwortning nabirasi boʻlib, u haqida „From Mansion to Cottage“ kitobini yozgan.

Umumiy tavsif

tahrir

Edward A. Allworth 1920-yil 1-dekabrda tugʻilgan. (Otasi Birinchi jahon urushi paytida Fransiyadagi xizmatlari uchun „Shon-sharaf“ medali bilan taqdirlangan[2]). U Oregon shtati universitetida bakalavr darajasini, Chikago universitetida magistrlik darajasini olgandan soʻng 1959-yilda Kolumbiya universitetidan fan nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Faoliyati

tahrir

Ikkinchi Jahon urushi paytida Allworth AQSh armiyasining 501-parashyut piyoda polkida, 101-havo-desant diviziyasida, Normandiya operatsiyasida va undan keyingi Shimoliy Yevropada Ittifoqchilarning Ikkinchi Jahon urushidagi harbiy harakatida vzvod boshligʻi, ikkinchi leytenant va adyutant sifatida xizmat qilgan.

Allworth Kolumbiya universitetida Markaziy Osiyo tadqiqotlari boʻyicha turli xil kurslarni tamomlagan. 1984-yilda u zamonaviy Markaziy Osiyoni oʻrganishga eʼtibor qaratish maqsadida Yaqin Sharq tillari va madaniyati kafedrasini tashkil qilinishida bosh qosh boʻlgan. Oʻrta Osiyo tarixiga oid koʻplab kitoblar nashr ettirgan. Jumladan, Uzbek Literary Politics (1964), Central Asian Publishing and the Rise of Nationalism (1965), Central Asia: A Century of Russian Rule (1967), The Nationality Question in Soviet Central Asia (1973), Nationality Group Survival in Multiethnic States (1977), The Modern Uzbeks: From the Fourteenth Century to the Present (1990), The Tatars of Crimea: Return to the Homeland (1998), and The Preoccupations of Abdalrauf Fitrat, Bukharan Nonconformist: An Analysis and List of His Writings (2000).

Allworth Kolumbiya universitetining turk-sovet tadqiqotlari faxriy professori edi. U Kolumbiyada Sovet millati muammolari dasturining (1970) va Markaziy Osiyoni oʻrganish markazining (1984) asoschisi boʻlgan. Allworth, shuningdek, Duk universiteti nashriyotidagi Markaziy Osiyoga oid kitoblar turkumiga muharrirlik qilgan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Olim chigʻatoy tilini chuqur oʻrgangan. Bundan tashqari zamonaviy oʻzbek va uygʻur tillarini yaxshi bilgan.

Allworth 2016-yil 20-oktyabrda Nyu-York shahrida vafot etgan. 2016-yil noyabr oyida Yevroosiyo tadqiqotlari jamiyati Allworthni vafotidan keyin „CESS Lifetime Service to Field“ mukofoti bilan taqdirlagan.

Merosi

tahrir

Doktorant Shahrbonu Tojbaxsh fikriga koʻra:

Professor Allworth har doim — Sovuq urush davrida, strategiya va qurollarni oʻrganishga moyil boʻlgan davrda, shuningdek, demokratiya qurilishi va iqtisodiy oʻtish modellariga eʼtibor qaratilgan postsovet davrida madaniy tarixni himoya qilgan. 1990-yillar boshida Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishgach, baʼzi talabalar fan nomzodi ilmiy darajasini toʻxtatib, neft kompaniyalari, hukumat va radiostantsiyalarda yaʼni daromadli ishga joylashish harakatida boʻlganlar. Bu hol bizni — bir hovuch kishini chetlab oʻtmagan… Olim bizga XX asr boshidagi islohotchi yozuvchi Abdarauf Fitrat, uning asarlari, chigʻatoy tili va XV asrgacha boʻlgan oʻzbek tili haqidagi tadqiqotlarni chuqur oʻrgatgan edi[3].

Allworth mintaqa tillari boʻyicha oʻzining barcha qimmatli kitoblar toʻplamini Nyu-York jamoat kutubxonasiga sovgʻa qilgan.

Ilmiy ishlari

tahrir
  • Uzbek Literary Politics (1964) (Oʻzbek adabiy siyosati 1964)
  • Central Asian Publishing and the Rise of Nationalism (1965) (Oʻrta Osiyo nashriyoti va millatchilikning yuksalishi 1965)
  • Central Asia: A Century of Russian Rule (1967) (Oʻrta Osiyo: bir asr rus hukmronligi 1967)
  • The Nationality Question in Soviet Central Asia (1973) (Sovet Oʻrta Osiyosida millat masalasi 1973)
  • Nationality Group Survival in Multiethnic States (1977) (Koʻp millatli davlatlarda milliy guruhlarning omon qolishi 1977)
  • The Modern Uzbeks: From the Fourteenth Century to the Present (1990) (Hozirgi oʻzbeklar: XIV asrdan bugungi kungacha 1990)

Manbalar

tahrir
  1. Pannier. „Edward Allworth: The Last of the Great Masters of Central Asian Studies“. RFE/RL (2016-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 13-noyabr.
  2. „In Memoriam: Edward A. Allworth (1920-2016)“. Harriman Institute at Columbia University (2016-yil 25-oktyabr). 2021-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-noyabr.
  3. Tadjbakhsh. „Remembering Edward Allworth“. Eurasianet (2016-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 29-yanvar.