PRESKOTT (RgezsoI) Edvard (1940 AQSH, Nyu-York) — amerikalik iqtisodchi. 1967-yil Karnegi-Mellon universitetida doktorlik ilmiy darajasini oldi. Pensilvaniya (1967—1971), Karnegi-Msllon (1971 — 1980), Minnesota (1980—2003) universitetlarida ishladi. 2003-yildan boshlab Arizona davlat universitetida professor va Minneapolis (Minnesota shtati) Federal rezerv bankining tadqiqotchisi. Ilmiy ishlari dinamik makroiqtisodiyot, iqtisodiy siyosat va siklli tebranishlar, iqtisodiy siyosat stragegiyasida qisqa hamda uzoq muddatli maqsadlar muammolariga bagʻishlangan. Nobel mukofoti laureati (2004; F.Kidland bilan birga)[1].

Edward Christian Prescott (2015)

Manbalar

tahrir