Edward Calvin Kendall
Edward Kalvin Kendall (1886.8.3, Saut-Noruolke, Konnektikut shtati — 1972.4.5) — amerikalik biokimyogar. Falsafa fanlari doktori (1910). Minnesot (1921—1951) va Prinston universiteti professor (1952-yildan). Asosiy ilmiy ishlari buyrak usti bezlari poʻstlogʻi gormonlarini oʻrganishga oid. Qalqonsimon bezning asosiy gormoni-trioksinni ajratib olgan (1914). Kortizon olish usulini topgan (1941 — 1948) va uni sanoatda ishlab chiqarishga tatbiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1950, F. Xench va T. Reyxshteyn bilan hamkorlikda)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |