Edward Tatum
Edward Tatum (1909.14.12, Boulder, Kolorado shtata, AQSH — 1975.5.11) — amerikalik biokimyogar va genetik. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1952). Chikago va Viskonsin untyni tugatgan (1931), biokimyo doktori (1934). Viskonsin, Utrext (Niderlandiya), Stanford (1937—45, 1948—56) va Yelsk (1945—48) universitetlarida ishlagan (1946-yildan professor). 1957-yildan Nyu-Yorkdagi Rokfeller tibbiyot institutida professor Ilmiy ishlari mikroorganizmlar genetikasiga oid. Bakteriyalarda genetik rekombinatsiya hodisasini kashf etgan (1947). Molekulyar genetikada "bitta gen — bitta ferment" degan fundamental konsepsiya mualliflaridan biri. Nobel mukofoti laureati (1958, J.U.Bidl va J.Lederberg bilan hamkorlikda)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |