Effuziya (lotincha yepxsho — quyilish, yoyilish) — lava (magma)ning yer yuziga quyilib chiqish jarayoni. Uning sovishi mobaynida lava oqimlari va lava qoplamlari koʻrinishida yotgan effuziv togʻ jinslari hosil boʻladi. Effuziya vulqon harakati koʻrinishi shakllaridan biri hisoblanadi. Nordon va qayishqoq lava baʼzan yoyilib ketmasdan otilib chiqib, vulqonli gumbaz hosil qiladi.