Egamberdi Ollomurod oʻgʻli
Egamberdi Ollomurod oʻgʻli (1895 — hozirgi Xatirchi tumani Yonbosh qishloqi — 1970) — oʻzbek xalq dostonchisi; dehqonbaxshi oilasida tugʻilgan. Otasi Ollomurod baxshidan dostonchilik yoʻllarini oʻrgangan. Uning vafotidan keyin 22 yoshidan boshlab xalq orasida dostonchilik qila boshlagan. Oʻz qishlogʻida muqim yashagan Egamberdi Ollomurod oʻgʻlidan „Alpomish“, „Kuntugʻmish“, „Goʻroʻgʻlining tugʻilishi“, „Avazxon“ kabi dostonlar yozib olingan. Bu dostonlar Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tilshunoslik va adabiyot intini folklor arxivida saqlanadi.
Adabiyotlar
tahrir- Mirzayev T., „Alpomish“ dostonining oʻzbek variantlari, T., 1968.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |