Egar – 1) otulov (ot, eshak, xachir, bugʻu va boshqalar) ustiga uriladigan va minib oʻtirish hamda yuk tashish uchun moslashtirilgan qulay abzal. Odamlar hayvonlarni qoʻlga oʻrgatib, minib yuradigan davr (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmi) dan maʼlum. Egarning kundalik minib yurish, sport, harbiy (safda yurish), mashq yoki poyga uchun moʻljallangan turlari farqlanadi. Bundan tashqari, har bir xalq oʻz yashash shartsharoitidan kelib chiqib oʻziga xos egar turlarini yaratgan, mas, oʻzbek, qirgʻiz, qozoq, turkman, rus va boshqalar xalqlar ishlatadigan egarlar, asosan, tuzilishi va bezagi bilan bir-biridan bir oz farq qiladi, lekin umumiy tuzilishi bir-biriga oʻxshaydi. Oʻzbekistonda ham egarchilik qadimdan rivojlangan. Shuning uchun egarning tuzilishiga xos atamalar paydo boʻlgan: suyanchiq, oʻrindiq, doʻgʻa, qopqoq, qanot, terlik, ayl, uzangi va uzangibogʻ va boshqalar Yuk tashishga moʻljallangan egarlarda yukni mahkam bogʻlash moslamalari ham boʻladi. egar pishiq yogʻoch (tol, oʻrik, behi, yongʻoq, chinor, archa va boshqalar) dan yasaladi, sadaf, suyak, temir va tasmalar bilan bezatiladi. Otulovni minganda egar ustiga yumshoq toʻshama (mas, gilamcha) tashlab olinadi. Egarning oʻrindigʻi taglik va charm qoplangan yostiqdan iborat. Egarning ikki tomoniga osiltirib yopiladigan qismi „tebengi“ deb ataladi va uzangi bandining oyoqni sidirishidan saqlab turadi. Egar qoʻshimcha moslamalari (ayl, uzangi, uzangibogʻ va boshqalar) bilan birga Egar jabduq deb ataladi.

Egar-jabduq bilan shugʻullanish kasbi egarchilik deb ataladi. Egarchilik hunarmandchilikning qadimiy turlaridan biri. U asosan yirik shaharlarda rivojlangan. Milodiy 5-asrdan boshlab egar hunar darajasiga koʻtarilgan va asta-sekin takomillashtirib borilgan. Oʻzbekistonda ham egarchilik qadimiy hunarmandchilik kasbi hisoblanadi. Egar jabduq oddiy kustar usulda maxsus doʻkonlarda yasalgan. Ustalar, asosan, tesha, bolta, randa, arra, iskana va b;asbobqurollardan foydalanishgan. Oʻzbekistonda otulovning ahamiyati hozir ham kattaligi tufayli egarchilik hunarmandchilikning bir sohasi hisoblanadi. Egarchilik bilan Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida shugʻullaniladi, lekin Buxoro, Samarqand viloyatlari va Fargona vodiysida kengroq tarqalgan. Ayrim ustalar egarchilikni sanʼat darajasiga koʻtargan. Egar ustiga charm qoplash, bezaklariga suyaklar qadash rasm boʻlgan. Egar ustiga tashlab olinadigan xaltaxurjun charmdan tikilib, mis sim va xalqalar bilan bezatiladi; 2) turli mashinalar (velosiped, mototsikl, traktor va boshqalar) ning haydovchi oʻtiradigan joyi (oʻrindiq).

Hozirda eng mashhur va eng takomillashgan egar ot egardir, chunki u dastlabki egarlardan ikki tomonlama farq qilmoqda

1 SIFAT - zamonaviy texnologiyalar yordamida egar sifati koʻtarilgan

2 NARX -qadimgi egarlar 100 kg goʻshtga ayriboshlangan. Hozirda narx ancha boshqacha.