Egat
Egat — plug, kultivator va boshqalar tuproqqa ishlov berish qurollari vositasida ochilgan toʻgʻri, uzun ariqcha; joʻyakning bir turi. Egat ekinlarni bir tekisda va qondirib sugʻorish uchun ochiladi. Sugʻoriladigan dehqonchilik rayonlarida ayrim ekinlarni (masalan, gʻoʻza) ekish egat ochish bilan bir vaqtda olib boriladi. Egat haddan tashqari nam joylarda ortiqcha suvni dalalardan chiqarib yuborish uchun ham xizmat qiladi. Pushtasi turli kenglikdagi egatlar, asosan, tekis yerlarda gʻoʻza, kartoshka, makkajoʻxori, kanop, sabzavotlar va boshqalar qatorlab ekiladigan ekinlar uchun chuqurligi 20—25 sm, uzunligi paykal nishabiga qarab olinadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |