Egehan Arna (1997-yil 5-yanvarda tugʻilgan) —Turkiya Basketbol Super Liga (BSL)ning „Beshiktosh“ terma jamoasining turk professional basketbolchisi hisoblanadi. Sportchining boʻyi 2.03 m (6 ft 8 in)ni tashkil etadi hamda u kichik hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.

Egehan Arna

Arna Fenerbahche bilan (2018)
№. 12 – Beşiktaş Emlakjet
Pozitsiyasi Kichik oldinga
Liga Basketbol Super Liga
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 5-yanvar 1997-yil (1997-01-05) (27 yosh)
Istanbul, Turkiya
Millati turk
Boʻyi 2.03 m (6 ft 8 in)
Vazni 93 kg (205 lb)
Faoliyati haqidagi maʼlumotlar
Oʻyindagi faoliyati 2015—hozirgacha
Faoliyatidagi yorqin voqealar va mukofotlar

Dastlabki yillar

tahrir

Egehan Arna yoshligidan basketbolga boʻlgan qiziqishi yuqori boʻlgan. Shundan soʻng Egehan Arna 7 yoshida Fenerbahchening yoshlar terma jamoasi tarkibida oʻynay boshlaganligi bizga ma'lum hamda mashhur[1].

Professional martaba

tahrir

Egehan Arna basketboldagi professional faoliyatini 2015-yilda Fenerbahchening kattalar terma jamoasi tarkibida boshlagan. 2019-yil 10-may kuni Arna safarda Sakarya BB ustidan 138-62 hisobida gʻalaba qozonib, 51 ochko va 14 ribaund toʻplagan. Arna maydondan 20-31, 10-16 uch ochkolik maydonda zarba bergan hamda jamoasi uchun muhim boʻlgan ochkolarni qoʻlga kiritishda yordam bergan. U 2018-2019-yilgi Basketbol Superligasida toʻplagan ochkolari boʻyicha mavsumdagi rekordini oʻrnatgan[2]. 2020-yilning 7-iyulida Egehan Arna Turkiya kuchlaridan ozod qilingan.

Arna 2020-yilning 6-avgustida „Beshiktosh“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[3].

Egehan Arna 2022-yil 1-iyulda Arna Basketbol Super Ligia (BSL)ning Anadolu Efes terma jamoasiga oʻtgan[4].

2023-yil 21-iyun kuni Egehan Arna Turkiyaning Basketbol Super Liga (BSL)ning „Beshiktosh“ klubi bilan ikkinchi marta shartnoma imzolagan hamda hozirda yaxshi natijalarga erishib kelmoqda[5].

Turkiya terma jamoasi

tahrir

Egehan Arna Turkiya terma jamoasining oʻsmirlar terma jamoalari tarkibi bilan oʻynagan. Turkiyaning oʻsmirlar terma jamoalari bilan 2013-yilgi FIBA 16 yoshgacha boʻlgan basketbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida oʻynab, ushbu yosh oʻrtasida chempionlikni qoʻlga kiritgan[6].

Manbalar

tahrir
  1. Player profile @ fenerbahce.org
  2. „Arna scores 51, Fenerbahce obliterates Sakarya 138 - 62“. Eurohoops (2019-yil 10-may). Qaraldi: 2019-yil 10-may.
  3. „Egehan Arna joins Besiktas on two-year deal“. Sportando (2020-yil 6-avgust). Qaraldi: 2020-yil 6-avgust.
  4. „Egehan Arna Anadolu Efes’te“ (tr). Anadolu Efes (2022-yil 1-iyul). Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  5. „Beşiktaş'tan resmi Egehan açıklaması“ (tr). basketfaul (2023-yil 21-iyun). Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  6. Egehan ARNA (TUR).

Havolalar

tahrir