Eker (frans. — toʻrtburchak kesaman) (geodeziyada) — joyda (yerda) burchaklar yasash uchun ishlatiladigan geodezik asbob. Eker bilan asosan 45° yoki 90° ga qoldiqsiz boʻlinadigan burchaklar yasaladi. Ularning bir necha turi bor. Amalda qaytaruvchi ekerlar koʻproq ishlatiladi. Ular koʻzguli (ikki va uch koʻzguli) va prizmali boʻladi. Ikki koʻzguli ekerda ikkita koʻzgu bir-biriga 45° burchak ostida mis gardishga joylashtirilgan boʻladi.