Ekologik krizis, ekologik tanglik — ekologik sistemalar, alohida hududlar yoki biosfera miqyosidagi tabiiy ofatlar; toshqin, yer silkinishi, vulkanlar otilishi, qurgʻoqchilik, dovul, chigirtkalar ofati, yongʻin va boshqalar holatlar oqibatida yuz beradigan ekologik vaziyat. Ekologik krizisning yuzaga kelishida, ayniqsa, odamning xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan antropogen omillar: daryolarni toʻsib suv oqimining oʻzgartirilishi, qoʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi, oʻrmonlarning kesilishi, kon qazish ishlarining olib borilishi alohida ahamiyatga ega. Tabiat qonunlarini bilmaslik yoki ularni nazarpisand qilmasdan tabiiy resurslardan foydalanish, zavod va fabrikalar qurish, ichdan yonar dvigatellarning atmosferani ifloslantirishi natijasida ekologik muvozanatnish buzilishi Ekologik krizisning kelib chiqishiga sabab boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Ekologik krizis" OʻzME. E-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil