Ekskorioz
Ekskorioz — tokning zamburugʻ kasalligi. Tok zangida, barg va novdalarida qora uzunchoq dogʻ va yoʻl-yoʻl chiziqlar koʻrinishida paydo boʻladi. Ekskorioz kasalligi tez tarqaladi, chiziqlar oʻrnida yoriqlar hosil boʻladi. Poʻstloq ingichka uzun boʻlaklarga boʻlinib koʻcha boshlaydi, novda oʻsib chiqqan joy yoʻgʻonlashadi. Novdaning asosi yoʻgonlashib (shishib), oziq moddalar oʻtmay qoladi. Novdalarda choʻzinchoq qoramtir dogʻlar paydo boʻlishi mumkin. Kech kuzda novdalar uchi oqaradi, ularda ham dogʻ paydo boʻladi. Ekskorioz yomgʻir koʻp yoqqan yilda juda tez rivojlanadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi novda oʻsib chiqqan joylarda mitseliy koʻrinishida qishlaydi.
Kurash choralari
tahrirToklarga yorugʻlik va havoning yaxshi oʻtishi uchun qulay sharoit yaratiladi, kurtak chiqqunga qadar hamda novda oʻsish davrida fungitsidlar, organik preparatlar bilan ishlov beriladi. Kurtaklar boʻrtishiga qadar 2% li nitrafen purkash yaxshi natija beradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |