Ekspertiza (lotincha: tajribali) — mutaxassis yoki mutaxassislar guruhi tomonidan u yoki bu sohada malakali yechim talab qilinadigan masalalarni oʻrganish (tibbiy ekspertiza, sud ekspertizasi, sanʼat ekspertizasi, buxgalteriya ekspertizasi, ekologik ekspertiza va boshqalar). Ekspertizaning amaliy yoki hujjat tarzidagi natijasi ekspert (mutaxassis)ning yoki ekspertlar guruhining xulosasi hisoblanadi. Ekspertning fikri majburiy hisoblanmasada, unga qoʻshilmaslik tegishli qarorlar, ajrimlar va hukmda asoslab qayd etilishi kerak. Agar ekspertiza toʻla yoki yetarli darajada aniq emas deb topilsa, qoʻshimcha ekspertiza tayinlanishi mumkin.